Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 mart kuni soat 00:30 larda Şarof Raşidov tumanida yaşovçi noma’lum kimsa fuqaroga qönğiroq qilib köçaga çaqiradi. Fuqaro köçaga çiqqaç, uni ikki nafar şaxs maşinaga ötqazadi va Şarof Raşidov tumanining Söloqli mahallasidagi böş binoga olib boradi.
U yerda fuqaroni avval kaltaklaşadi va yeçintirib videoga olişadi. Söng videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişadi.
Viloyat IIB Jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida fuqaroni «samosud» qilgan şaxslar topiladi. Uşbu jinoyatni Jizzax şahrining Döstlik va Tinçlik mahallalarida yaşovçi şaxslar qilgani aniqlanadi.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, uşbu şaxslarga jabrlanuvçining Jizzax şahrida yaşovçi qiz bilan tuşgan suratni ijtimoiy tarmoqlarda joylagani yoqmagan. Şundan söng ular taniş qiz uçun jabrlanuvçidan öç olişga qaror qilişgan.
Qayd etilişiça, fuqaroni «samosud» qilgan şaxslarga qonunan çora köriladi.












