Toşkent şahrida avtobus harakatiga tösqinlik qilgan yengil avtomobil haydovçisi yölovçilar tomonidan döpposlandi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.
Qayd qilinişiça, mojaro 25 aprel kuni yuz bergan va bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Ta’kidlanişiça, Çilonzor tumani hududida harakatlanib ketayotgan 69-yönaliş avtobusi oldida yengil avtomobil haydovçisi turli xil xavfli manyovrlarni amalga oşirgan, jumladan, keskin tormoz bergan. Oqibatda avtobus töxtaşga ulgurmay, yengil avtomobil bilan töqnaşgani körinadi.
Avtobus içida bu vaqtda 50 nafarga yaqin yölovçi bölgani, ulardan ba’zilari töqnaşuv oqibatida yiqilgani aytilmoqda. Şundan söng, darğazab yölovçilar avtobusdan tuşib, yengil avtomobil haydovçisini döpposlagan.
Hodisa qanday yakunlangani ma’lum emas, jabrlanganlar töğrisida ham ma’lumot yöq.
Qayd qilinişiça, avtobus haydovçisi mojaroga aralaşmagan.











