Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Samarqand şahar bölimi tomonidan AT “Aloqa bank” viloyat filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Tekşiruvda, bankning Samarqand “Şarq” kompleks xizmatlar körsatiş markazi sobiq boş menejyeri Ş.N. 2021 yil davomida bankka kredit sörab murojaat qilmagan 8 nafar fuqaroning nomiga soxta hujjatlar asosida jami 156,3 million söm iste’mol kreditini rasmiylaştirib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda «Xalq banki» Uzun filiali sayyor kassiri 278 nafar fuqaroning pensiya va nafaqa pullarini soxta imzo qöyib özlaştirgan va pullarning bir qismini onlayn qimor öyiniga tikib yuborgani aniqlangandi.