Pepsi içimligi dunyoning 200dan ortiq mamlakatida iste’mol qilinadi. Bu maşhur içimlikning ixtiroçisi şimoliy karolinalik Kaleb Devis Bredem ismli şifokor bölgan. Içimlik hazm qilişga yordam berişiga işongan Bredham uni 1898 yildan dorixonalarda sota boşlaydi. Içimlik qisqa vaqtda maşhurlikka erişişi natijasida, 1902 yilda Pepsi kompaniyasi taşkil topdi.

Özbekistonda Pepsi kompaniyasi sovet davrida ham mavjud bölgan, lekin 1993 yilda zavod yopildi va qariyb 20 yil davomida Pepsi Özbekistonda işlab çiqarilmagan. Faqatgina 2011 yil aprel oyida International Beverages Tashkent kompaniyasi taşkil topişi orqali Pepsi Özbekistonga qaytadi.

“2011 yilda işlab çiqarişni boşlaşimizga qaramay, bozorga kirib kelişimiz juda qiyin keçgan, – deya eslaydi kompaniya işlab çiqariş direktori Dilmurod Muxtorov. – Öşa paytlari xalqimiz Pepsi'ni mahalliy brend bilan adaştirardi. Yolğon bölmasa, 3 yil deganda u Amerika brendi ekanini odamlarga yetkazdik.

Keyin Pepsi'ga tegişli boşqa içimliklarni ham qöşib borişga intildik. 2012 yilda Mirinda, 7UP, 2013 yilda Lipton çoylarini xalqimizga yetkaza boşladik. Işlab çiqariş jarayonidagi qiyinçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Rossiya, Qozoğiston mamlakatlaridan mutaxassislarni jalb qildik”.

Körsatuvni tayyorlar ekanmiz, Pepsi zavodida işlab çiqariş jarayonini bosqiçma-bosqiç örganib çiqişga harakat qildik. Zavoddagi 1-bosqiç 40 metr çuqurlikdan olinadigan suvni qayta işlaşdan boşlanadi, öz navbatida u ham mayda bosqiçlardan iborat.

Keyin asosiy işlab çiqariş bölimiga ötdik. Bu yerda deyarli barça işlar maxsus uskunalar yordamida bajarilişi, ulkan zavod töliq avtomatlaştirilgani sababli xodimlar soni ança kamligi ma’lum böldi. Tayyorlangan qiyomga suv, gaz qöşilib, qadoqlaş, yorliq yopiştiriş işlari bilan jarayon yakunlanadi.

Butun dunyo taniydigan brendni reklama qilaveriş şartmi?

“Pepsi kompaniyasi butun dunyoda maşhur bölgani bilan raqobat degan narsa bor. Reklama sotuv hajmini oşiruvçi boş omil ekanini, biznes heç qaçon çegara bilmasligini unutmaslik kerak. Şuning uçun, Pepsi maşhur brend bölişiga qaramay, reklamaga bölgan e’tibor muhimligiça qolaveradi.

Reklama strategiyasini yaratişda köproq milliy qadriyatlarimizga alohida ahamiyat beramiz: Navröz bayrami, Ramazon oyi munosabati bilan maxsus yorliq bilan işlab çiqarilgan Pepsi içimliklari sözimiz isboti böla oladi”, – deydi Marketing va savdo departamenti direktori Qahramon Islomov.

Pepsi kompaniyasiga laboratoriya nega kerak?

“Laboratoriya kompaniya işlab çiqargan mahsulotlarning sifatini nazorat qiliş, mikrobiologik tahlillarni amalga oşiriş uçun zarur. Içimligimiz tarkibi yorliqda körsatilganlarga töliq mos kelişini tekşirib borişimiz kerak. Tarkib talablarimiz va retsept böyiça qat’iy nazorat qilinib, mahsulotimiz 100 foiz halolligiga javob beramiz”, – deydi Sifat nazorati böyiça direktor Umida Joniqulova.

Körsatuvni YouTube'da töliq tomoşa qiling va video ostiga öz fikringizni qoldiring! Eng qiziqarli va kreativ izoh egasi deb topilgan 5 kişiga Pepsi içimliklari taqdim etiladi. Muddat – 2022 yilning 29 apreligaça.

Business Class'ni kuzatib boring, biri-biridan qiziq kompaniyalar hali oldinda. Biz biznesni içkaridan körsatamiz!

Ijodiy jamoa:
Eldor Abdulvohid
Nuriddin Nursaidov
Ibrohim Samatov
Afzalbek Muhammadjonov

Pepsi işlab çiqaruvçi “International Beverages Tashkent” kompaniyasi bilan aloqa:

+99878 150 80 20

+99871 215 82 85

pepsicobottler.uz