Qaşqadaryo viloyatida ham “Taşabbusli budjet” loyihasi böyiça aholining uyuşqoqlik bilan harakat qilgani yaqqol sezildi. Jarayonlarning dastlabki bosqiçidan ovoz beriş bosqiçigaça bölgan davrda viloyat böyiça 4496 ta taklif bildirildi. Şundan 2696 tasi ovoz berişda iştirok etdi va yakunda 186 ta taklif ğolib böldi.

Ğoliblikni qölga kiritgan, ya’ni eng köp ovoz töplagan takliflarni moliyalaştirişda joriy yilning 1 fevral holatiga köra “Fuqarolar taşabbusi jamğarmasi”da 18086,6 mln söm qoldiq summa bölib, şundan söng jamğarmaga 83928,3 mln söm (şundan 14886,1 mln sömi mahalliy budjetdan, 69042,2 mln sömi 2022 yil budjet parametri hisobidan şakllangan) mablağ ötkazilgan holda hozirgi paytda jamğarmadagi qoldiq summa 102014,9 mln sömni taşkil etmoqda.


Bu yilgi jarayonlarda ğolib bölgan takliflarning umumiy qiymati 102331,8 mln sömni taşkil etib, ularga jami 375221 ta ovoz berilgan bölsa, umumiy ovozlar soni 563390 tani taşkil etgan.
Yana bir statistika, ötgan yili taşabbuskorlar tomonidan 2404 ta taklif bildirilgan bölib, şundan 107 tasi ğolib deb topilgan. 78005 ta ovoz berilgan. Umumiy ovozlar soni esa 91296 tani taşkil qilgan.


Raqamlar tahlili şuni körsatmoqdaki, joriy yilda uşbu loyihada aholining faolligi sezilarli tarzda ortgan. Bu nafaqat bildirilgan takliflarning soni, balki ovoz beriş jarayonlarida aholining faolligi bilan ham ajralib turibdi.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati










