«Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. 

Qayd etilişiça, quyidagi taşkilotlarga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilinadi:

  • Aholiga va ijtimoiy obektlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş böyiça «Hududgazta’minot» AJning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (iyun–sentabr). Şuningdek, maişiy gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan töldiriş va taşiş xizmatlarini körsatiş sohasiga oçiq tanlov va tender savdolarida ğalaba qozongan hamda litsenziyaga ega bölgan xususiy sektor sub’yektlari jalb qilinadi;
  • Haydovçi va haydovçilikka nomzodlarning transport vositasini boşqarişga layoqatini tekşiriş uçun tibbiy körikdan ötkaziş bilan litsenziyasi bor xususiy tibbiyot muassasalari ham şuğullanişiga ruxsat beriladi (avgust);
  • Işlatilgan texnik moylarni töplaş va qayta işlaşga oid «Uz-Prista Recycling» MÇJ QK eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (sentabr–oktabr);
  • Tovarlarning kelib çiqişi töğrisida sertifikat berişga oid ekspertiza faqat «Özbekekspertiza» AJ tomonidan ötkazilişi haqidagi norma bekor qilinadi (iyun–iyul);
  • Qişloq joylarda boş rejalarni tuzişdagi «Qişloqqurilişloyiha» MÇJning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (iyul–avgust);
  • Elektr texnika uskunalari va qurilmalarini markazlaştirilgan holda xarid qiliş böyiça «Energo RES» MÇJga berilgan eksklyuziv huquq bekor qilinadi (iyun);
  • Paxta mahsulotlari, qişloq xöjaligi uruğlarini sertifikatlaştiriş böyiça «Agrosanoat majmuida xizmatlar körsatiş markazi» DUKning eksklyuziv huquqi bekor qilinadi (2023 yil fevral);
  • Harbiy kontingentning, soliqçilarning majburiy davlat suğurtasi «Özbekinvest» suğurta kompaniyasi tomonidan amalga oşirilişi haqidagi eksklyuziv huquq bekor qilinadi (iyun);
  • «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJning qişloq xöjaligi va avtomobil şinalarining yagona yetkazib beruvçisi maqomiga oid qoida bekor qilinadi (iyul);
  • Ölçaş vositalarini qiyoslaşdan ötkaziş xizmatlari yuridik şaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan ham amalga oşirilişiga ruxsat beriladi.