15 yoşli Sobiraxon Şaxobiddinova Iordaniya poytaxtida (Amman) ötkazilgan boks böyiça Osiyo çempionatida ğoliblikni qölga kiritgan. U 6 yoşidan boks bilan şuğullanib keladi.

Şu davr mobaynida ikki karra Özbekiston çempionligini qölga kiritgan. Qahramonimiz Andijon tumanidagi 33-maktabda tahsil oladi. Uning boks bilan şuğullanişiga oilasi dastlab qarşilik bildirgan.

“Oldin uydagilar boksga qarşilik bildirişgan. Keyin boraman deganim uçun ruxsat berişgan. Boksga toğam qiziqtirgan. Boks bilan 9 yoşimdan beri şuğullanaman. Oldin sinfdoşlarim, ustozlarimiz ham aytgan qiz bolaga boks töğri kelmaydi degan. Lekin şu sportni tanlaganimdan afsuslanmayman” – deydi boksçi.

Sobiraxon Şaxobiddinova Osiyo çempionati finalida xitoylik raqibini 2-raundda texnik nokautga uçratgan. U öz oldiga Jahon va Olimpia çempioni bölişni maqsad qilib qöygan.

Eslatib ötamiz, Boks böyiça ötkazilgan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati yakunlariga köra, Özbekiston terma jamoasi rekord darajadagi sovrinlar soni va ahamiyati böyiça ham umumjamoa hisobida birinçi örinni egallagan. Hammasi bölib 46 ta medal qölga kiritildi, ulardan 20 tasi eng yuqori darajada edi.