2022 yilda Qozoğiston qurolli kuçlari taşkil topganining 30 yilligi va Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalaba kuniga bağişlab harbiy parad ötkazilmaydi. Bu haqda «Kazinform» mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. 

Xabarda aytilişiça, parad örniga harbiy-vatanparvarlik tadbirlari ötkazilişi rejalaştirilgan.

«Tadbirlarda Ikkinçi jahon uruşi va Qozoğiston qurolli kuçlari faxriylariga alohida e’tibor qaratiladi», deyiladi xabarda. 

Qozoğiston mudofaa vazirligi butun mamlakat böylab 50ga yaqin turli tadbirlar ötkazişni rejalaştirgan.