2022 yilning birinçi çoragida Özbekistonga çet eldan 1,47 mlrd dollarlik pul ötkazmalari yuborilgan. Bu körsatkiç 2021 yilning mos davri bilan taqqoslanganda, 3 foizga köp.

Şuningdek, yanvar-mart oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy şaxslardan 2,11 mlrd dollar miqdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 38 foiz (585 mln dollar) köp xorijiy valuta sotib olingan. Öz navbatida, uşbu muddat davomida tijorat banklari tomonidan 1,73 mlrd dollar (ösiş 69 foiz) miqdoridagi çet el valutasi sotilgan.

«Bugungi kunda tijorat banklarida Zolotaya Korona, Western Union, Contact, MoneyGram, Migom, Unistream, RIA Money Transfer, Aziya-Ekspress, Intel Express, UPT kabi xalqaro pul ötkazmalari tizimlari işlab turibdi», deyiladi Markaziy bank xabarida.

Jismoniy şaxslarda xorijdan kelib tuşgan pul mablağlarini öz xohişlariga köra çet el valutasida yoki milliy valutada oliş imkoniyatlari mavjud.

Malumot uçun, 2021 yilda xalqaro pul ötkazmalari orqali tuşumlar hajmi 8,1 milliard dollarni taşkil etgan, bu körsatkiç 2020 va 2019 yillar bilan soliştirilsa, 34 foizga köp. 

Avvalroq, Jahon bankining prognozlarida Rossiyada iqtisodiy faollikning pasayişi sabab Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari hajmi 21 foizga qisqarişi mumkinligi ma’lum qilingandi.