Turkiya armiyasi Iroq şimolida Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) terrorçilik taşkiloti jangarilariga qarşi yangi operatsiya boşladi.

Pençe Kilit deb nomlangan operatsiya boşlangani töğrisida Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar e’lon qildi.

Uning sözlariga köra, antiterror tadbirlari Iroqning Metin, Zap va Avaşin-Bas’yan rayonlarida ötkaziladi.

Akar terrorçilar obektlariga kuçli aviazarbalar berilganini ma’lum qildi.

Şuningdek, jangarilar joylaşgani taxmin qilingan rayonlar yirik kalibrli artilleriya va öziyurar artilleriya qurilmalari yordamida öqqa tutildi. Iroq şimoliga maxsus harbiy guruh taşlangan.

«Operatsiya muvaffaqiyatli va rejaga muvofiq davom etmoqda. Birinçi bosqiç doirasida rejalaştirilgan barça nişonlar ustidan nazorat örnatildi», - dedi Turkiya mudofaa vaziri. 

U Anqara Iroq suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişini, turk armiyasining barça harakatlari mintaqada terrorizm tahdidini yöq qilişga qaratilganini ta’kidladi. 

KIP AQŞ va Yevropa ittifoqi tomonidan terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan.