Bir oilada 4 nafar qizaloqlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan ota-onaning boşida çeksiz ğam-ğussa mavjud. Eng kenja qizaloq tuğma nuqson – siydik yöli ekstrofiyasi bilan dunyoga kelgan. Bu xastalik kam uçraydigan kasallik bölib, şifokorlar örtaça 10 ming odamdan bittasi şunday dardga uçraşini aytişgan. Farzandining hayoti hamma narsadan muhim bölgan oila bu dardga çora axtarib bormagan eşiklari qolmadi. Xorijda ötkaziladigan jarrohlik amaliyoti orqali şifo topiş mumkinligidan xabar topişadi. Ammo bu birgina operatsiya bilan şifo topmaydigan, köp bosqiçli jarrohlik operatsiyasi ötkaziladigan kasallik ekanligi ma’lum böladi. Hozirga qadar Serbiyada birinçi operatsiya ötkazilgan va kindik sohasi, qorin böşliği öz joyiga keltirilgan. Endi bemorda yana bir murakkab operatsiya ötkazilişi kerak: unda içki jinsiy a’zolar şakllantiriladi. Birinçi operatsiya uçun katta miqdorda mablağ ketgan va oila bor-yöğini sarflaşga majbur bölgan edi. Yana Serbiyada ötkaziladigan ikkinçi operatsiya uçun esa ularning qöli kaltalik qilyapti. Oila boşliği “Özbekiston temir yöllari”da vagonlarni ta’mirlovçi usta bölib işlaydi.
Oiladagi bir bemorning dardiga davo topilmay turib, 4 farzandning onasi Mahmudada ham orqa miya ösimtasi aniqlangan. Bu ösimta oqibatida oyoq-qöllar falajligi kelib çiqişi mumkinligi sabab unga ham operatsiya zarurligi tavsiya qilingan.
“4 qizimning baxtini körişni istayman. Ularga mensiz qiyin bölişini kiçik qizimning operatsiyasi uçun xorijga ketganimda bilganman. Kiyimlarimni hidlab yaşagan qizlarim mensiz qanday ahvolga tuşişlarini tasavvur qilolmayman. Özimning dardimni öylamayman, faqat şu bolalarim uçun yaşaşim kerakligini bilaman xolos”, – deydi bemor bolaning bemor onasi.

Ayni vaqtda ular bir emas, ikki murakkab operatsiya uçun mablağ töplaşyapti. Lekin buning oson emasligi barçamizga ayon. Qizaloqning va uning onasining hayoti yaxşilarning savobli amallariga boğliq bölib turibdi.
Muslima Mirsobirovaga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 0609 3150 0103 onasi Mahmuda Ahmadjonova nomida
Sberbank: 4276 6200 4027 5467 qarindoşi Allaşukur Abdullayev nomida
Bevosita uçraşiş istagida bölganlar uçun bemor manzili: Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Mumtoz mahallasi, Ohanrabo köçasi, 17-uy.












