Davlat bojxona qömitasi 2022 yilning birinçi çoragidagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, davlat budjetiga 9,5 trln söm bojxona tölovlari ötkazilgan va tuşumlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 3 trln sömga yoki 46 foizga oşgan.
Taşqi savdoda “yaşirin iqtisodiyot” uluşini qisqartirişga qaratilgan tizimli tadbirlar natijasida 221 mlrd sömlik qöşimça bojxona tölovlari undirilib, körsatkiç 35 foizga ortgan.
Qömita axborotiga köra, işlab çiqarişni rağbatlantiriş, tadbirkorlik sub’yektlari örtasida raqobat muhitini rivojlantiriş maqsadida 3 ming nafardan ziyod tadbirkorlarga bojxona tölovlaridan qariyb 4 trln sömlik bojxona imtiyozlari berilgan, ya’ni salkam 4 trln söm aylanma mablağ sifatida tadbirkorlik sub’yektlarining ixtiyorida qoldirildi.
Bojxona organlarining kontrabanda aşyolari, şu jumladan giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasiga qarşi kuraşiş faoliyati doirasida ötgan yilning şu davriga nisbatan 9 barobar köp, ya’ni 503,6 kg giyohvandlik vositalari uşlab qolingan. Şuningdek, 101 ming dona kuçli ta’sir etuvçi va 1,6 ming dona psixotrop moddalar töxtatib qolingan.
Şuningdek, 1 mln AQŞ dollariga teng naqd xorijiy valuta töxtatib qolingan bölib, bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 10 barobarga ortgan.
Birinçi çorakda bojxona xodimlari tomonidan qiymati 5,2 mlrd sömlik zargarlik buyumlari, 170 ming quti tamaki mahsulotlari va 490 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuvi oldi olingan.












