23 aprel kuni Andijonda ilk bor murakkab buyrak köçirib ötkaziş jarrohlik amaliyoti ötkazildi.

Mazkur operatsiya Andijon şahar tibbiyot birlaşmasi jarrohlik bölimida Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Saidmurod Ismoilov rahbarligidagi guruh hamda andijonlik malakali şifokorlar hamkorligida amalga oşirildi.

Bemor Andijon viloyati Şahrixon tumanida yaşovçi Bekzodbek Hasanovga öz ukasi Imomali buyragini berib donorlik qildi.

Tibbiyot fanlari doktori Fazliddin Bahriddinov boşçiligidagi doktorlar brigadasi hamda andijonlik malakali şifokorlar hamkorligida ikki bosqiçli operatsiya bir vaqtning özida ötkazildi, ya’ni ukadan soğlom buyrak olinib, akasining kasallangan va öz vazifasini bajarmayotgan buyragi örniga qöyildi.

“Toşkentdan kelgan malakali şifokorlar bilan andijonlik şifokorlarning yelkama-yelka turib murakkab jarrohlik amaliyotini ötkazayotgani biz uçun quvonarli. Mutaxassislarimizga mazkur operatsiya mahorat darsi vazifasini ötab berdi. Öylaymizki, viloyatimizda tez kunlarda mana şunday murakkab operatsiyalarni amalga oşirişni boşlaymiz”, deydi Andijon şahar tibbiyot birlaşmasi jarrohlik bölimi boşliği Nuriddin Usmonov.

Elmurod Ermatov,

Azizbek Ismoilov