JSSTning ma’lum qilişiça, kasallik aniqlangan 16 yoşgaça bölgan bolalarda birorta holatda ham ötkir keçuvçi gepatitni çaqiruvçi viruslar (A, V, S, D va E turlari) aniqlanmagan. Ya’ni bu virus noan’anaviy va hali örganilmagan. Ayrim bemorlar hatto jigar transplantatsiyasiga muhtoj bölib qolgan.

Kun.uz yangi kasallik böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev bilan boğlandi.

“Bu kasallik haqida axborot olyapmiz, JSST bilan aloqadamiz. Rasman ta’kidlayman – gepatitning yangi turi Özbekistonda qayd etilgani yöq. Ma’lumot örnida aytişim mumkinki, koronavirus pandemiyasi davrida aholi orasida gigiyena qoidalariga jiddiy e’tibor berilgani sababli qator yuqumli kasalliklar, jumladan gepatit tarqalişi pasayişiga erişildi. Ammo bu nazoratni susaytiriş kerak, degani emas. Gepatit profilaktikasi yil davomida va muntazam olib borilişi şart. Yangi tur kirib kelmasin, degan niyatdamiz, albatta. Agar qayd etilsa ham, bu haqda darhol xabar beriladi”, – dedi Furqat Sanayev.

Ma’lumot uçun, gepatitning yangi turi 1 oylikdan 16 yoşgaça bölgan bolalarda aniqlangan. Kasallik oqibatida bir nafar bola vafot etgan, 17 nafariga jigar köçirib ötkazilişi talab qilingan.

Eng köp holatlar Buyuk Britaniyaga töğri keladi (114), 13 nafar bola Ispaniya, 12 nafar Isroilda, töqqiz nafar AQŞda uşbu xastalikka çalingan.

Şuningdek, Irlandiya (5), Niderlandiya va Italiya (4tadan), Norvegiya va Fransiya (2tadan) hamda Ruminiya va Belgiyada (1tadan) noma’lum turdagi gepatitga çaliniş holatlari aniqlangan.

JSSTga köra, birorta ham holatda ötkir tusli gepatitni çaqiruvçi viruslar (A, V, S, D va E gepatiti viruslari) aniqlanmagan.

Dastlabki holatlar aprel boşlarida qayd etilgan. 5 aprelga kelib, Şotlandiyada ön yoşdan kiçik bolalar orasida öndan ortiq kasallaniş holatlari aniqlangan.