Armaniston poytaxti Yerevanda boş vazir Nikol Paşinyanning iste’fosini talab qilib çiqqan namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuv sodir böldi.
Töqnaşuvga parlament deputati Gegam Manukyanning ustunga Paşinyanning karikaturasi aks etgan fotosuratni yopiştirişga urinişi sabab böldi. Politsiya unga xalaqit qilişga uringan, ammo deputat maqsadini amalga oşirgan.
Duşanba kuni Nikol Paşinyanning iste’fosini talab qilayotgan muxolifat tarafdorlari poytaxtdagi asosiy transport tugunlaridan birida harakatni töxtatib qöygandi.
Avvalroq parlamentning "Armeniya" muxolif fraksiyasidan bölgan vitse-spikeri Işxan Sagatelyan 25 apreldan butun Armanistonda töxtovsiz norozilik namoyişlari boşlanişini e’lon qilgandi.
Muxolifat hukumatning siyosati "Armaniston davlatçiligi yöqotilişiga olib keladi" deb hisoblamoqda.
Yana bir muxolif fraksiya yetakçisi, milliy xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Artur Vanetsyan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida 25 apreldan "kuraşning ikkinçi bosqiçi" boşlanişini aytgan. Vanetsyan 17 apreldan buyon Yerevandagi Ozodlik maydonida norozilik namoyişlari ötkazmoqda.












