Twitter kompaniyasini sotib oliş fonida Tesla asosçisi Ilon Maskning boyligi bir kun içida 29 mlrd dollarga kamaydi, deb xabar berdi Forbes.
Naşrning yozişiça, 27 aprel holatiga milliarderning boyligi 239,2 mlrd dollarni taşkil etmoqda.
Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi tuşib ketişi oqibatida kamaydi. Twitter direktorlar kengaşi kompaniya milliarderga 44 mlrd dollarga sotilişini ma’qullagani töğrisidagi xabardan söng Tesla aksiyalari narxi 12 foizga arzonlaşdi.
Aprel oyida Mask 2,89 mlrd dollar evaziga Twitter aksiyalarining 9,2 foizini sotib olib, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangandi.
Keyinçalik Twitter Maskka kompaniya boşqaruvida qatnaşişni taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgandi.












