Polşa Yevropa ittifoqi mamlakatdagi ukrainalik qoçqinlar ta’minoti uçun mablağ ajratişini kutmoqda. Bu haqda Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy aytdi.
Uning sözlariga köra, Polşa uruşdan qoçib qutulgan 2,5 mln nafar ukrainalikka "öz eşiklari va qalbini oçdi". Bundan taşqari, Polşa ukrainalik yarador harbiylarga yordam bermoqda.
"Buning uçun bizga pul kerak", - deb ta’kidladi u va Yevroittifoq hozirça Varşavaga "bir sent ham" ajratmaganini qöşimça qildi.
"Biz adolatli munosabatni xohlaymiz. Turkiyaga oxirgi marta qoçqinlar kelganida milliardlar bilan qöllab-quvvatlaşgandi. Hozir biz ham YeI yordam körsatişiga munosibmiz", - dedi Mateuş Moravetskiy.












