Ma’lum qilinişiça, qonunning yangi tahriri xizmatlar bozoridagi poçta aloqasi faoliyatini rivojlantirişga hamda poçta aloqasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.
Qonun bilan poçta aloqasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari kengaytirilib, unga asosan davlat tomonidan poçta aloqasini xalqaro normalar va standartlarga muvofiq rivojlantiriş, sohaga investitsiyalarni jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, ilğor innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilişini rağbatlantiriş belgilanmoqda.
Mazkur qonun hujjatlariga rioya etilişi yuzasidan davlat nazoratini yurituvçi davlat organi sifatida Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi belgilanmoqda.
Hujjatda foydalanuvçilar manziliga oid ma’lumotlar, poçta va kurerlik jönatmalari, ularning tarkibi töğrisidagi axborot, şuningdek poçta aloqasi operatorlari hamda provayderlari faoliyati sohasiga kiradigan boşqa xabarlar poçta aloqasi sirini taşkil etişi va u davlat tomonidan kafolatlanişi belgilangan.
Şuningdek, qonun poçta aloqasi xavfsizligini ta’minlaş çoralari töğrisidagi yangi norma bilan töldirilmoqda. Xususan, poçta aloqasi xavfsizligi poçta aloqasi sirini himoya qilişga, poçta va kurerlik jönatmalari, poçta aloqasi vositalari but saqlanişini ta’minlaşga qaratilgani ta’kidlandi.












