Pekin hukumati şaharda koronavirus tarqalişi avj olgani sababli barça boğça va maktablarni yopmoqda, deb xabar berdi China Daily.
Pekin ta’lim komissiyasi vakili Li Ining sözlariga köra, barça bolalar boğçalari, boşlanğiç va örta maktablar may bayramlari oldidan rejadagidan bir kun avval yopiladi. Ularning qaçondan iş boşlaşi böyiça qaror epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib qabul qilinadi.
Li I şuningdek, öquvçilar, ularning ota-onalari va öqituvçilarni zaruratsiz Pekinni tark etmaslik va köpçilik bölib töplanmaslikka çaqirdi.
Ma’lumotlarga köra, ötgan sutkada Pekinda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 53ta, mamlakat böyiça esa 5659ta yangi holat aniqlangan.












