2017 yil davlat rahbari taşabbuslari bilan, keyinçalik «Namangan» EIZ hududidan korxonaga 15 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Korxona ta’sisçilari tomonidan trikotaj matosi töqiş, böyaş va undan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş loyihasi tuzilib, uni bir neça bosqiçda amalga oşiriş rejalaştirilgan edi.  

2018-2020 yillar oraliğida loyihaning 1- va 2- bosqiçlari tamomlanib, unga köra çet davlatlardan sönggi turdagi texnologik uskuna va dastgohlar keltirilgan bölib, trikotaj matosi töqiş va böyaş sexlari foydalanişga topşirilgan. Bu maqsadda jami 10,5 mln dollar investitsiya mablağlari sarflanib, 550 dan ortiq yangi iş örinlari yaratilgan va jami iş örinlari soni 1300 ga yetgan. E’tiborlisi, korxona binolariga köp materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilişning özidan 6 million dollar iqtisod qilingan.

2021 yilning 18 fevralida davlat rahbari Namangan viloyatiga taşrifi doirasida korxona faoliyati bilan tanişib, angar usulidagi qurilişiga yuqori baho bergan. Şu bilan birga tezroq 3-bosqiçni xam işga tuşirib, yanada köproq yangi iş örinlari yaratiş vazifasini belgilagan.

Keça, 2022 yilning 5 may kuni, korxona tomonidan 3,5 million dollar evaziga yana angar usulida qurilgan yangi bino foydalanişga topşirildi. Bu korxonaning 3-bosqiçda amalga oşirgan kengayişi hisoblanadi. Natijada yana 700 kişi işli böladi, jami iş örinlari 2000 taga yetdi.

Ta’kidlaş joizki, uçala bosqiç uçun sarflangan jami 14,0 mln dollarning 11,0 mln dollari korxona ta’sisçilari, ya’ni mahalliy investorning öz mablaği hisobidan moliyalaştirilgan.

Korxona joriy yil yakuniga köra, jami 20,0 mln dollarlik eksport qiliş kabi yuksak marrani közlamoqda. Bu ötgan 2021 yilga nisbatan 45 foizga köp.