Töğri yölga qöyilgan tizim va özi avval işlagan korxonadagi xatolardan olingan saboqlar tez orada öz mevasini bera boşlaydi.
“Chust textile” korxonasi 2006 yilda taşkil topgan. Asosçilari – Dilşod va Jamşid Ismatullayevlar. Korxona öz faoliyati davomida köplab qiyinçiliklarga, tösiqlarga duç kelgan.
Jamşid Ismatullayev Kun.uz “Business Class” rukniga bergan intervyusida tadbirkorlik faoliyatini qanday boşlagani va bu yöldagi yaxşi-yomon kunlarni yodga oldi.
U 2010-2014 yillar orasida korxona uçun oğir kelganini eslaydi. Uning aytişiça, korxona ta'sisçilariga kiçik bir ma'muriy huquqbuzarlik bilan bölgan ayblov sekin-asta jinoiy iş oçilişiga, tadbirkorlarning sudma-sud sarson bölişigaça olib kelgan.
“Sudyalarga biz jon kuydirib gapirsak-da, ular bizning gapimizga unça ahamiyat bermas, bizning taqdirimiz hal bölayotgani ham ularni qiziqtirmas edi. Şunda biz mamlakatni taşlab, çet elga ketişga majbur bölganmiz”, – deya öşa davrlarni eslaydi tadbirkor.

Oradan vaqt ötib, Jamşid Ismatullayev va uning yaqinlari vatanga qaytişadi. Şunday bölsa-da, ularda faoliyatni rivojlantiriş, fabrika işini kengaytiriş haqida rejalar söniş arafasida edi.
Tadbirkorning aytişiça, 2017 yil “Chust textile” uçun yangi davr boşlanganini anglatuvçi yil bölgan. Çunki şunça yillar kengayiş, işlab çiqariş uçun yer oliş maqsadida qança eşikka borib, muammolari hal bölmagan bölsa, öşa davrda mutasaddilar özlari tadbirkorlarning yoniga kelib yer taklif qilgan.
Chust tumanida taşkil etilgan erkin iqtisodiy zona hududidan 16 gektar yer ajratilgan. Investitsiya qilişni uzoq yillar kutgan tadbirkorlar asosiy binolar quriliş işlarini bir yilga qolmay yakunlaşgan. Bu binolar “Chust textile” uçun xomaşyo mustaqilligini ham olib kelgan. Hozirda ip-kalavadan tayyor mato va u matodan tayyor tikilgan mahsulot içki va taşqi bozorga yetkazilmoqda.











