Yirik hisobda ğalaba qozongan Farrux Rafiqov jamoasi final uçun yaqqol da’vogarga aylandi
|04:07 / 06.05.202222 05612 min
Arablar nimani “uyqusizlikning otasi” deb ataşadi? Asalarilar nega raqs tuşadi? Uruş vaqtida faşist samolyotlari Peterburgdagi soborni nega öqqa tutmagan? “Zakovat” teleöyini bahorgi mavsumining uçinçi öyinidagi qiziqarli savollar bilan tanişing.
Foto: ZakovatFoto: Zakovat
Bahorgi mavsum Zakovat öyinlari bilimdonlar va muxlislar e’tiboriga yangi mavsum öyinlarini havola qilişda davom etmoqda. Öyindan öyinga qiziqiş ortayotgan turnirning bu galgi sonida Farrux Rafiqov va uning jamoasi iştirok etdi. Bahorgi mavsumda iştirok etayotgan eng tajribali ikki jamoaning biri hisoblangan mazkur jamoa kutilganiday yorqin öyin namoyiş etdi. Şubhasiz, jamoaning har bir a’zosi öz sohasining yetuk va kuçli mutaxassislaridir.
Ravşan Ismoilov – UzTelecom aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi;
Saidkamol Abdurazzoqov – menejyer;
Şavkat Uluğov – muhandis-texnolog.
Arab tili leksikologiyasi haqidagi savol bilan boşlangan birinçi raund jamoada töğri variant böla turib notöğrisi tanlangani bilan esda qoldi. Hisob – 0:1.
Ikkinçi raund savoli Rossiya imperatorlari tamaddi vaqtida işlatadigan börtma şişa idişlar haqida böldi. Bu raundda ham jamoa töğri variant qolib notöğrisini berdi – 0:2.
Nihoyat, uçinçi raundda jamoa töğri variantni “qoçirib” yubormadi. Bu raundda adabiyotga murojaat qilinib, Nodir Normatovning “Közgudagi ikkovlon” asari voqealari asosida Sibirga surgun qilinganlar haqida savol öynaldi. Jamoa birinçi oçkoni qölga kiritdi – 1:2.
Törtinçi raundda tabiat möjizalaridan biri – asalarilar raqsi haqida ajoyib savol yangradi. Asalarilar raqslarini örgangan olim Nobel mukofotiga sazovor bölganini bilardingizmi? Uşbu savolda qiyin ahvolda qolgan jamoa tajribali öyinçisi Saidkamol Abdurazzoqovga işonç bildirdi. “Zakovat” magistrining unça işonqiramay bergan javobi töğri bölib çiqdi. Hisob tenglaşdi – 2:2.
Keyingi raundda Vetnam uruş davrida dala gospitallarida saqlangan velosipedlar haqidagi savol örtaga taşlandi. Bilimdonlar qiyinçiliksiz tarozi pallasini özlari tarafga oğdirdi. Hisob – 3:2.
Oltinçi raundda ikki kişi uçun möljallangan ğaroyib qayçi haqidagi savolga muddatidan oldin töğri javob berildi – 4:2.
Yettinçi raund savoli butun dunyoga maşhur “If” qal’asi haqida böldi. Muhokamalarga boy ötgan uşbu savol nafaqat bilimdonlarda, balki zaldagilarda ham katta qiziqiş uyğotdi. Ketma-ket beşinçi savolga töğri javob bergan jamoa 5:2 hisobida oldinga çiqib oldi.
Mavzuga oid
Töxtatib bölmayotgan jamoani Jaloliddin Rumiy ijodi haqidagi blits-savollar biroz qiynab qöydi. Blitsning birinçi savolidayoq raund boy berildi – 5:3.
Töqqizinçi raundga kelib yana jamoa özini önglab oldi. Sankt-Peterburgdagi sobor haqida berilgan qiziqarli savolda Saidkamol Abdurazzoqov yana öz sözini aytdi. Hisob esa – 6:3, bilimdonlar foydasiga!
Nihoyat, mavsum boşidan buyon ilk bor bilimdonlar jamoasi ğalaba qozondi. Ğalaba qozonganda ham bu işga oson va yengil erişdi. Intihosi ibtidosidan yengil va zavqli keçgan öyin!
Öyin stenogrammasi bilan quyida tanişing.
1-raund. Savol muallifi - Sulton Nabijonov, Baliqçi tumani.
Boşlovçi: Arabça «abu» sözi – ota ma’nosini bildiradi. U faqat insonlarga emas, hayvonlarga, jonli-jonsiz narsalarga nisbatan ham işlatiladi. Masalan: "Abu riyoh" – şamol otasi, ya’ni flyugerni şunday ataşadi, "Abu nayim" – uyqu otasi, ya’ni uyqu dorisi ataladi. Uyqusizlik otasi sifatida – “Abul yakson” tilga olinadi. Arablar "Abul yakson" deb uni ham ataşadi.
Diqqat savol: "Abul yakson" deb yana nimani aytişadi?
Javobni Farrux Rafiqov beradi: "Abul yakson" deb arablar balki kofeni aytişar.
Töğri javob: Ular "Abul yakson" deb xörozni aytişadi. Ya’ni, odamlarning uyqusi ularni ovozlari sababli “yakson” böladi.
Hisob: 0:1
Savol muallifi - Sulton Nabijonov 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
2-raund. Savol muallifi - Saida Usmonova, Toşkent şahri.
Boşlovçi:Marhamat ekranga qarang!
XIX asr Rossiya imperatorlari tuşlik va keçki ovqat vaqtida stolda albatta mana şunaqa tagi ğadir-budur bokallar turgan.
Diqqat savol: Qaçon bu bokallarda içimliklar içilgan?
Töğri javob: Tortiladigan taomga boğliq bu narsa, agar tovuq, kurka, kaklik kabi quşlarning göşti tortilsa, ular qöllari bilan yeyişgan. Ana şunda mana şunday bokallarga suyuqlik quyib içişgan.
Hisob: 0:2
Savol muallifi - Saida Usmonova 2 million söm pul mukofotini qölga kiritdi
3-raund. Savol muallifi - Akbarali Yunusov, Örta Çirçiq tumani.
Boşlovçi: Nodir Normatovning "Közgudagi ikkovlon" asarida Sibirga surgun qilinganlar orasida bitta alohida brigada bölganligi yoziladi. Ularning aniq vazifasi ham bölgan ekan. Ular öz vazifalarini bajariş uçun köp daraxtlarni kesib, yoqib yuborişlariga töğri kelgan ekan.
Diqqat savol: Bu brigadaning vazifasini va nega köp olov yoqişganligini toping.
Javobni Azizbek Abdullayev beradi: Sibirga surgun qilinganlar sovuq örmonda boşqalardan yayov olib ketilgan, albattaki, holsizlikdan vafot etganlar ham bölgan orasida, şularni kömiş kerak bölgan. Bundan maqsad, qaziş oson bölişi uçun daraxtlarni yoqib, yerni muzini eritib, gör qazib kömiş bölgan.
Töğri javob: Oğir şaroitda işlagan mahbuslar orasida ölim köp kuzatilgan, ularni kömiş bilan şuğullangan uşbu brigada. Sibir, sovuq, yerlar muzlagan. Yerni yumşatiş uçun esa ança olov yoqiş kerak bölgan.
Hisob: 1:2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
4-raund. Savol muallifi - Farrux Rajabov, Şofirkon tumani.
Boşlovçi: Diqqatni ekranga qaratinglar!
Ari bir harakatni qaytarmoqda. Asalarilar raqs turlarini, ular harakatlarining ma’nosini örgangan avstriyalik fiziolog olim, Nobel mukofoti sohibi Karl fon Friş, ularni kuzatib uşbu sxemani aniqlagan. Körib turganingizdek, bir ari raqs tuşmoqda. Friş ularni bu raqsidagi ma’noni topgan va Nobelga ega bölgan.
Diqqat savol: Örtadagi asalari nega bunaqangi harakatlarni amalga oşiryapti deb öylaysiz?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Bizni fikrimizça nektar qayerda ekanligini topgan bitta ari qolganlariga xabar berişi kerak qayoqdaligini. Mana şu harakatlari orqali yönalişdan taşqari aylanuv masofasi nektargaça bölgan masofani bildiradi.
Töğri javob: Bu raqs bilan boşqa işçi asalarilarga u yangi topilgan gulzorni tuşuntiryapti. Mana şu yerga borişni sxematik körsatib bermoqda. Arilar harakati orqali yangi gulzorni qayerdaligini tuşuntirib bermoqda.
Hisob: 2:2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
5-raund. Savol muallifi - Dostonbek Qoraboşev, Sardoba tumani.
Boşlovçi: XX asr 60 yillarida Vetnamdagi uruş vaqtida, Vetnam harbiy dala gospitallari içida 3-4 ta velosipedlar saqlangan. Bu velosipedlar faqat ekstremal holatlarda işga tuşgan.
Diqqat savol: Uruş vaqtini köz oldingizga keltiring va ayting, bu kabi velosipedlarni qaçon işlatişgan?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Bizning fikrimizça, 60 yillarni tasavvur qildik. Dala gospitallari deyildi, har doim ham emas, operatsiya bölayotgan paytda çiroq bölmay qolsa, özini töğri funksiyasida emas, balki velosiped ğildiragini aylantiriş orqali dinamik işlatib, çiroq olsa böladi. Şu çiroq oliş deb öylaymiz.
Töğri javob: Havo hujumlari vaqtida operatsiya bölayotgan bölsa, uni tugallab oliş uçun velosipedlar orqali, yöq bölib qolgan elektr energiya hosil qilinadi.
Hisob: 3:2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
6-raund. Savol muallifi – Oxunjon Şukurov, Sankt-Peterburg şahri.
Boşlovçi: Marhamat ekranga qarang!
Ğaroyib qayçi surati.
Diqqat savol: Bu qayçi körinişidan kelib çiqib ayting. Bunday qayçilar kimlar uçun işlab çiqarilgan?
Jamoa muddatdan oldin javob beradi.
Javobni Ravşan Ismoilov beradi: Agar xotiram pand bermayotgan bölsa, bu ota-onalar bolalariga qayçidan foydalanişni örgatiş uçun işlab çiqarilgan.
Töğri javob: Yoş bolalarga kesişni örgatiş uçun işlab çiqarilgan. Örtasidan bola barmoği tiqiladi, ikki yuqori çekkadan onasini qöli tiqiladi.
Hisob: 4:2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
7-raund. Savol muallifi - Ravşanbek Mamajonov, Töraqörğon tumani.
Boşlovçi: Marhamat ekranga qarang!
Maşhur If qal’asining surati bu. Turistlar bu qal’aga oqib kelişadi. Tarixçi Alen Dekoning yozişiça, turistlarni bu orolga olib kelişlariga, qal’ani maşhur bölişiga ikkita asarning ikkita personaji katta rol öynaydi. Birinçisi "Edmond Dantes" bölsa, ikkinçisi ... Ikkinçisiga ikkinçi qavatdan xona oçib berilgan. Aslida U bu qamoqda bölmagan.
Diqqat savol: Bu mahbus kim?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Bittasini özingiz aytib ötingiz "Edmond Dantes" bölsa, ikkinçisi, bizni fikrimizça "Temir niqobli odam" hisoblanadi.
Töğri javob: Birinçisini aytdim bu – "Edmond Dantes", "Graf Monte Kristo" asari qahramoni. Ikkinçisi AQŞ kino ijodkorlari yaratgan "Temir niqobli odam" filmidagi Leonardo Di Kaprio gavdalantirgan «Filipp» roli. Tarixçilar uni hayotda emas, badiiy asarlarda paydo bölgan obraz deyişadi. Şuning uçun ham turistlar uçun ikkinçi qavatda unga xona oçib berişgan. Mana bu yerda "Temir niqobli odam" qamalgan degan ma’noda.
Hisob: 5:2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
8-raund. Blits. Savol muallifi - Bahodir Haydarov, Şahrixon şahri.
Blits mavzusi: Jaloliddin Rumiy hikmatlari.
1-savol.
Boşlovçi: Tiliga hokim bölmagan insondan döst çiqmas. Köziga hokim bölmagan insondan ... çiqmas.
Diqqat savol: Iborani bitta söz bilan töldiring.
Javobni Farrux Rafiqov beradi: Qorovul deylik.
Töğri javob: Tiliga hokim bölmagan insondan döst çiqmas. Köziga hokim bölmagan insondan yor çiqmas. Uni közi öynab tursa undan yor çiqmaydi. Jaloliddin Rumiy davrida ham mana şunday muammo bölgan ekan.
Hisob: 5:3
Savol muallifi Bahodir Haydarov 3 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
9 -raund. Savol muallifi – Adham Qöziboyev, Nurobod tumani.
Boşlovçi: Marhamat ekranga qarang!
Biz sizlarga Sankt-Peterburgdagi sobor suratini körsatyapmiz. Ikkinçi jahon uruşida öşa paytdagi Leningrad 900 kun qamal qilingan, atrofdan örab olib nemis artilleriyasi şaharni obdon öqqa tutgan. Lekin bu sobor negadir butun qolgan.
Diqqat savol: Nega bu minora omon qolgan?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Bizning fikrimizça nemislarni özlari ataylabdan omon qoldirgan. Çunki öşa bombardimon qilinayotgan paytda oriyentir bölib xizmat qilgan.
Töğri javob: Bu maqbara nemislar uçun oriyentir vazifasini ötagan. Şu binoni möljallab boşqa binolarga öq uzilgan. Şuning uçun omon qolgan.
Hisob: 6:3
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
“Zakovat” magistri – Saidkamol Abdurazzoqov öyinning eng yaxşi bilimdoni deb topildi va unga 5 million söm mukofot beriladigan böldi.
Ma’lumot uçun, mavsum öyinlarida bilimdonlar har bir töğri berilgan javob uçun 1 mln sömdan, savol bilan iştirok etgan muxlislar esa savoli neçançi bölib topilmaganiga qarab 1 mlndan 6 mln sömgaça pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.