Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 1 mayiga qadar, 4 oy davomida yer nazoratini amalga oşiriş böyiça olib borilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida jami 6 215 ta holatda 2 245,6 gektar yer özboşimçalik bilan egallab olingani aniqlandi.
Qayd etilişiça:
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarda 2 543 ta holatda 2 043,4 gektar;
- aholi punktlari yerlarida 2 910 ta holatda 139,8 gektar;
- sanoat, transport, aloqa mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlarda 121 ta holatda 2 gektar;
- tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda 4 ta holatda 0,1 gektar;
- örmon fondi yerlarida 23 ta holatda 5,4 gektar;
- suv fondi yerlarida 69 ta holatda 2,1 gektar;
- zaxira yerlarda 545 ta holatda 52,8 gektar yer egallab olingan.
Kadastr idoralari tomonidan berilgan 6 126 ta yozma körsatmalar asosida 2 697 ta holatda 1 400,4 gektar yoki 44 foiz yer qonunbuziliş holatlari ixtiyoriy ravişda bartaraf etilgan.
Ixtiyoriy ravişda bartaraf etilmagan özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalarini qaytariş va ularda qurilgan imoratlarni buzdiriş böyiça sudlarga 1 984 ta holatda 254,2 gektar da’vo arizalar kiritilgan. Şundan, 167 ta da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratilgan.
Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bölgan 410 ta materiallar örnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga kiritilgan.
Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida respublika böyiça fuqarolar jami 406 ta holatda 7 824,3 gektar yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilgani aniqlangan. 28 ta holatda 196,8 gektar yer maydonlari tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilişi ta’minlangan.












