Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy şeriklik asosida beriladigan davlat mulki obektlari röyxati tasdiqlanadi.

Madaniyat vazirligi tomonidan 2019-2020 yillar davomida 10ta (qiymati 50 mlrd sömdan ortiq bölgan) madaniyat muassasalari davlat-xususiy şeriklik asosida tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan.

Belgilab qöyilişiça:

Madaniyat vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan va bitim tuziş jarayonida bölgan davlat-xususiy şeriklik loyiha bitimlari örnatilgan tartibda mahalliy ijro etuvçi hokimliklarga topşiriladi hamda davlat şerigi mahalliy ijro etuvçi hokimliklar deb talqin qilinadi;

mahalliy ijro etuvçi hokimliklar madaniyat va san’at muassasalarida davlat-xususiy şeriklik loyihalari böyiça belgilangan vazifalar örnatilgan tartibda amalga oşirilişini nazorat qiladi hamda loyihalarni amalga oşirişda şaxsan mas’ul ekanligi belgilanadi.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari:

har yili 1 fevralga qadar davlat-xususiy şeriklik şartlarida madaniyat va san’at muassasalarining binolarini quriş uçun bepul asosda doimiy foydalanişga ajratilişi mumkin bölgan yer uçastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan röyxatlarini Madaniyat vazirligiga taqdim etadi;

davlat-xususiy şeriklik asosida madaniyat va san’at muassasalarini qurilişi belgilangan hududlarda barça zarur taşqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yöllari va boşqalar) bilan ta’minlaydi.