Prezident “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantiriş böyiça milliy dasturni tasdiqlaş töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va könikmalarini baholaş hamda baholaş natijasi böyiça ularga menejyerlik sertifikatini beriş amaliyotini yölga qöyadi.
Belgilab qöyilişiça, 2023 yil 1 yanvardan boşlab:
maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini oliş uçun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar asosida jamoada işlaş va ota-onalar bilan muloqot qiliş, boşqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oşiriş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari könikmalariga öqitiladi;
öqitiş yakuni böyiça Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boşqaruv sohasiga oid bilim va könikmalari baholanadi hamda natijasi böyiça menejyerlik sertifikati beriladi;
maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejyerlik sertifikatiga ega bölgan şaxslar orasidan tanlab olinadi va kelişiş uçun xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlariga taqdim etiladi;
maktab direktorini iş beruvçining taşabbusiga köra lavozimdan ozod etiş uçun xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari bilan kelişiş talab etilmaydi.








