Londonda Angliya kubogi finali doirasidagi «Çelsi» - «Liverpul» uçraşuvi yakuniga yetdi.

«Uembli» stadionida keçgan hal qiluvçi öyinning asosiy vaqtdagi kulminatsion voqeasi liverpulliklar forvardi Muhammad Salohning 33-daqiqada jarohat olib, maydonni erta tark etgani böldi. 

Uçraşuvning asosiy vaqtida Tuxel va Klopp şogirdlari gol kirita olişmadi – 0:0. 

Qöşimça bölimlarda ham murabbiylar zaxiradan yangi kuçlarni tuşirganiga qaramay, 120 daqiqa içida hisob oçilmadi.

Penaltilar seriyasida esa omad «Liverpul»ga kulib boqdi. «Çelsi» safidan Aspilikueta va Maunt zarbani berişda adaşgan bölsa, «qizillar»dan Mane xatoga yöl qöydi. 111-daqiqada maydonga tuşgan Tsimikas esa hal qiluvçi zarbani berib, «Liverpul»ga kubokni keltirdi. Şu tariqa, uşbu jamoa öz tarixida 8-marta uşbu sovringa ega çiqdi. 

Angliya kubogi. Final
14 may (şanba)
Çelsi – Liverpul 0:0.
Penaltilar seriyasi: 5:6
Çelsi – Mendi, Jyeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Çaloba (Aspilikueta, 105), Alonso, Kovaçiç (Kante, 66), Jorjino, Pulişiç (Loftus-Çik, 105), Maunt, Lukaku (Ziyoş, 85).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk (Matip, 90), Konate, Roberson (Tsimikas, 111), Henderson, Tiago Alkantara, Keyta (Milner, 74), Saloh (Diogu Jota, 33), Mane, Dias (Firmino, 98). 
Ogohlantirişlar: Jyeyms (77).