Reznikov feysbukdagi sahifasi orqali Ukraina aholisiga murojaat qildi. U Moskvadagilar hujumdan keyin bir neça kun içida Ukraina kapitulyatsiya qilişidan umid qilişganini aytdi. Ammo, ukrainlar vazirining sözlariga köra, ukrain xalqi bu rejalarni barbod qilgan va Rossiya strategik mağlubiyatga uçragan, Kiyev ostonasida katta yöqotişlar berib, birorta strategik maqsadga erişa olmagan rus qöşinlari esa taktikani özgartirişga majbur bölgan.

«Bu fonda biz uruşning yangi - uzoq davom etuvçi davriga kirmoqdamiz. Unda ğolib böliş uçun resurslarni puxtalik bilan rejalaştiriş, xatolardan saqlaniş va öz kuçimizni şunday loyihalaştirişimiz kerakki, oxir-oqibat duşman doş bera olmasin», deya qayd etgan Ukraina mudofaa vaziri.

Mart oyi oxirida Rossiya öz qöşinlarini Ukrainaning şimoliy hududlaridan, jumladan Kiyev atrofidan olib ketişini e’lon qildi. Moskva Istanbuldagi muzokaralardan keyin «özaro işonçni mustahkamlaş» sifatida şunday yöl tutayotganini bildirdi. Ammo ğarblik ekspertlar va ukrain hukumati bu çekiniş Rossiya harbiylari Ukraina poytaxti atrofidagi janglarda keng kölamli harbiy mağlubiyatga uçragani bilan boğliq ekanini ma’lum qildi.

Donbassdagi yurişlar

Aprel oyida RF armiyasi Ukrainadagi maxsus amaliyotning ikkinçi bosqiçi boşlangani haqida ma’lum qildi: bu bosqiç Donetsk va Lugansk oblastlarining butun hududini egallaşni, ya’ni Donbassning 2014-15 yillardagi uruşlardan keyin ham Kiyev nazoratida qolgan hududlarini uşbu hududdagi tan olinmagan «respublikalar»ga qöşişni nazarda tutadi.

Ammo «Donbassdagi katta yuriş»ning uç haftasidan keyin ham rossiyalik harbiylar Lugansk va Donetsk oblastlarida atigi bir neça aholi punktlarini egallay olişdi. Qolaversa janubda Mariupol ustidan ham hali töliq nazorat örnatilgani yöq: şaharning aksar hududi vayron qilingan va RF armiyasi nazoratiga ötgan bölsa-da, «Azovstal» metallurgiya kombinatidagi ukrain harbiylari qarşilik körsatişda davom etişmoqda.

Bunga parallel tarzda ukrain armiyasi Xarkov oblastida qarşi hujumga ötgan, natijada rossiyalik harbiylar köplab pozitsiyalaridan çekinib, Ukraina çegarasiga qadar uloqtirilgan.

«Xulosa qilib aytadigan bölsa, Ukraina foydasiga strategik buriliş röy berdi. Bu jarayon ma’lum vaqt davom etadi. Uzoq muddatda esa bu tendensiyalar Rossiyaning mağlubiyatini muqarrar qiladi», deya hisoblaydi Reznikov.

Ukraina armiyasining asosiy umidi front çiziğiga yangi kuçlar jalb etilişidan. Armiya Ğarb texnikalari bilan jihozlanişiga ham umid qilinmoqda - Ğarb Kiyevning harbiy qudratiga amin bölgani hamda rossiyalik harbiylarning Kiyev atrofida, Sumi va Çernigovda sodir etgan harbiy jinoyatlarining dahşatli dalillariga guvoh bölganidan keyin Ukrainaga faol harbiy yordam körsatişga kirişdi.

«Bizni favqulodda oğir haftalar kutmoqda. Ularning soni qança bölişini heç kim aniq ayta olmaydi. Bu davr mobaynida biz mudofaani asosan öz kuçimiz bilan uşlab turamiz», degan Reznikov va ayni vaqtda bir yarim ming ukrain harbiysi öqitilayotgani, ular Ğarbning yangi texnikalaridan foydalana oluvçi instruktorlar bölib yetişişini qöşimça qilgan.

Millionlik armiya

Reznikovning sözlariga köra, Ukraina öz mudofaa salohiyatini östirmoqçi. «Bu zarur vositalarni xarid qiliş va işlab çiqarişga ham taalluqli. Biz asosiy e’tiborni duşmanga qarşi kuraşuvçi bir million odam bilan ta’minlaş zaruratiga qaratamiz», deya yozgan Ukraina mudofaa vaziri.

Oleksiy Reznikov
THOMAS LOHNES/GETTY IMAGES

Agar ukrain armiyasi faollik bilan yangi tuzilmalarni şakllantirişda davom etsa va öz qurol-yaroğ zaxiralarini töldirişga e’tibor qaratsa (hajmi va qudratiga köra bu borada hozirça Rossiya katta ustunlikka ega), rossiyalik harbiylar ham frontga yangi harbiy kuçlarni jalb qilişga zör beradi. OAVdagi ma’lumotlarga köra esa Rossiya rasmiylari uçun buni amalga oşiriş umuman oson emas.

Arlingtondagi CNA institutining Rossiya böyiça tadqiqotlar bölimi direktori Maykl Kofman tvitterdagi sahifasida Rossiya hozirça katta yöqotişlarga uçragan asosiy tuzilmalarini töldiriş zaruratini bajara olmaydi va bu muammoni hal qilişi mumkin bölgan çoralarni (Ukrainaga rasman uruş oçiş, zaxiradagilarni safarbar etiş yoki muddatli harbiy xizmat ötaşga çaqirilganlarni frontga yuboriş kabi) körişni istamaydi.

«Ayni vaqtda Rossiya uçun imkoniyatlar doirasi torayib bormoqda. Ular qança ortga sursa, uruşni qöllab-quvvatlaş qobiliyati şunçalik köp zarar köradi va voqealarning keyingi rivoji böyiça variantlar ular uçun yomonlaşib boradi», deb hisoblaydi Kofman.

Harbiy ekspertlar - Ğarbdagilar ham, ukrainaliklar ham Reznikov aytgan «uruşning yangi fazasi» aynan qança vaqt davom etişi borasida aniq prognozlar berişdan tiyilmoqda. «Afsuski, men bu birgina oy böladi deb öylamayman, beş oy ham, olti oy ham bölişi mumki», degan harbiy ekspert Oleg Jdanov Ukraina televideniyesi efirida.

Sulh tuzilişi mumkinmi?

Uruşning birinçi bosqiçida Volodimir Zelenskiy bir neça bor vatandoşlari hayotini saqlab qoliş uçun Vladimir Putin bilan özaro uçraşuv ötkazişga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ammo endi uning ritorikasi boşqaçaroq.

Volodimir Zelenskiy endi Kremlga yon beriş haqida öylamayapti. Foto: EPA

Juma kuni Zelenskiy Italiyadagi RAI1 telekanaliga bergan intervyusida ikki davlat yetakçisi örtasida qandaydir muzokaralar boşlanişi uçun rossiyalik harbiylar Ukraina hududidan olib çiqilişi şart ekanini qayd etdi.

«Prezident sifatida men Putin bilan gaplaşişga tayyorman. Lekin faqat uning özi bilan. Qandaydir vositaçilarisiz. Va ultimatum şartlari böyiça emas, muloqot şartlari böyiça. 24 fevraldan keyin okkupatsiya qilingan hududlardan çiqib keting. Bu har qanday muloqot uçun birinçi navbatdagi şart», dedi Ukraina prezidenti.

Sönggi kunlarda Ğarbdagi nufuzli siyosatçilar Rossiyani zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqirdi.

Avvaliga Germaniya kansleri Olaf Şols Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. U tvitterdagi sahifasida bu muloqot haqida şunday yozadi: «Bugun Putin bilan uzoq davom etgan telefon muloqotidan asosiy uçta gap: Ukrainada imkon qadar tez fursatda öt oçiş töxtatilişi kerak. U yerda natsistlar hukmronlik qilayotgani töğrisidagi da’volar yolğon. Şuningdek, Rossiya global oziq-ovqat bilan boğliq vaziyat uçun javobgar ekanini ta’kidladim».

Öz navbatida, Kreml saytida xabar berişlariça, Putin öz suhbatdoşiga «Donbassdagi xalq respublikalarini himoya qiliş böyiça maxsus harbiy amaliyotning asosiy vazifalari va mantiği» haqida sözlab bergani va Şolsga «natsistlar mafkurasiga amal qiluvçi ukrain jangarilari» tomonidan xalqaro huquq buzilişi va ularning terrorçilik metodlaridan şikoyat qilgan. U şuningdek Rossiya-Ukraina muzokaralari «mohiyatan Kiyev tomonidan bloklangani»dan noligan.

Bundan taşqari, uruş boşlanganidan buyon Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ilk bor Ukrainadagi vaziyatni amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan muhokama qildi. «Ostin zudlik bilan Ukrainada öt oçişni töxtatişga çaqirdi va özaro aloqa liniyalarini qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi», deyiladi Pentagon bayonotida.

Şu bilan birga, köpçilikda Rossiya katta hududlarini, jumladan deyarli butun Xerson oblastini, şuningdek, Zaporojye, Xarkov, Donetsk va Lugansk oblastlaridagi rayonlarini egallab turar ekan, sulh tuziş Ukraina uçun qançalik foydali bölişi borasida savol tuğiladi.

Şolsning Putin bilan muloqoti borasida rossiyalik muxolifatçi va şaxmat böyiça sobiq jahon çempioni Garri Kasparov tvitteri orqali şunday munosabat bildirgan: «Şolsning Rossiya hamon Ukraina hududlarini egallab turgan vaqtda sulh haqidagi gaplari - bu masxara qiliş. Bunday sulh qotilliklarni, zöravonliklarni va ukrainlarning ommaviy ravişda öğirlanişini töxtatmaydi».

Yaqinda Putin va Zelenskiy bilan uçraşuvlar ötkazgan BMT boş kotibi Antoniu Guterriş hafta yakunidagi çiqişida hozirda Ukraina va Rossiya örtasida sulh tuziş imkoniyati mavjud emasligini aytdi.

Avvalroq AQŞ, Buyuk Britaniya rasmiylari va Yevroittifoq rahbarlari bir neça bor Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş taqdiri jang maydonida hal bölişi kerakligi va ular Moskva bu jangda mağlubiyatga uçraşi uçun imkon doirasidagi barça işni qilişlari haqida gapirişgandi.