Şri-Lanka bir kunlik benzin zaxirasiga ega, deb ma’lum qildi mamlakat boş vaziri Ranil Vikremesingxe.
"Ayni paytda bizda bir kunga yetadigan benzin zaxirasi bor. Keça keltirilgan dizel yonilğisi sababli dizel yonilğisi yetişmovçiligi birmunça bartaraf etiladi. Hindiston kredit liniyasi doirasida 18 may va 1 iyun kunlari yana dizel yonilğisi keltiriladi. Bundan taşqari, 18 va 29 may kunlari benzin keltirilişi kutilmoqda", - deya boş vazirning sözlaridan iqtibos keltirgan News First naşri.
Vikremesingxening qayd etişiça, "moliya vazirligi gaz importi uçun 5 million dollar topa oladigan holatda emas".
Uning sözlariga köra, mamlakatda elektr energiyasining öçişi kuniga 15 soatgaça yetişi mumkin.
“Biz bu inqirozning oldini oliş uçun pul oldik. Şuningdek, iste’molçilarni gaz bilan ta’minlaş uçun zudlik bilan 20 million dollar olişimiz kerak", - deya qöşimça qildi boş vazir.
Ranil Vikremesingxe ötgan haftada bir neça kunlik ommaviy tartibsizliklar va namoyişlar sababli iste’foga çiqqan Maxind Radjapaksaning örniga boş vazir böldi.












