Bir ovozdan qabul qilingan qarorga köra, Konstitutsiyani takomillaştiriş masalasi Oliy Majlis palatalari kengaşlariga kiritiladi.

Yiğiliş yakunlari böyiça fraksiya rahbarlari OAV vakillari uçun brifing ötkazdi. Brifingdan söng Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov Kun.uz muxbirining: “Konstitutsiyani özgartirişga doir qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga çiqariladimi”, degan savoliga javob berdi.

“Birinçidan, hali loyiha yöq. Bugungi qilingan iş – taşabbus. Taşabbusning zarurati nimadan kelib çiqqanini biz bayon qildik. Bu Özbekiston rivojlanişining aynan şu bosqiçidagi zarurat. Özgarişga bölgan ehtiyoj Konstitutsiyamizda yaqqol körinib turibdi va buni butun jamoatçilik e’tirof etyapti. Özbekistonning bugungi rivojlaniş bosqiçi yangi Konstitutsiyani taqozo qilmoqda.

Hozir “Milliy tiklaniş” va ÖzLiDeP fraksiyalari buni qöllab, navbatdagi belgilangan çoralarni köriş taşabbusini ilgari surişdi. Bu qanday? Oliy Majlis palatalarining kengaşlariga konstitutsion islohotlarni taşkil qiliş masalalarini kötardik. Endi navbatdagi masala, kengaşlar tegişli komissiyalarni yiğgan holatda bu jarayonga start berişadi. Va u yerda aniq bir taklif, loyiha yoki mana buni körib çiqamiz degan masala yöq. Komissiyaga butun jamoatçilik, siz va biz ham partiya sifatida özimizning takliflarimizni beramiz. Butun Özbekiston böylab takliflarni umumlaştirgan holda bu komissiya öz faoliyatini taşkil qiladi. Konstitutsiyani qaysi moddasida, nimalarni özgartiriş kerak, nimalarga ehtiyoj bor, degan savollarni komissiya tahlil qiladi va öz faoliyatini jamoatçilikka oçiq şaklda taşkil qiladi.

Bu faoliyat heç kimdan yaşiringan yoki qaysidir masalalarni öziça muhokama qiladigan jarayon bölmaydi. U keng va oçiq jarayon böladi. Hozirgi kunda biz taşabbusni kötardik, endi palatalarni kengaşlari öz vakolatlaridan kelib çiqib işçi guruh yoki komissiya taşkil qiladi. Bu guruhga barça mutaxassislarni jalb qilgan holda, kelib tuşgan takliflar asosida işini taşkil qiladi. Ana öşandan keyin loyiha paydo böladi. Şundan söng, loyihani yana muhokama qilib, uni qanday tartibda qabul qiliş masalalari muhokama qilinadi.

Hali bular – keyingi bosqiç, biz hozir birinçi bosqiçdamiz. Heç qanday loyiha haqida gap yöq, faqat takliflarni qabul qiliş bosqiçidamiz”, – dedi Alişer Qodirov.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda Konstitutsiyani takomillaştiriş masalasi haqida prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyida, ikkinçi muddatga saylanganidan keyingi inauguratsiya marosimidagi nutqida söz oçgandi.

Davlat rahbari, şuningdek, öşa yili Konstitutsiya kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida, asosiy qomusni yangilaşning 8ta omilini sanab ötdi.

Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov 2021 yil dekabr oyida “Konstitutsion islohotlar – davr talabi” sarlavhali maqola e’lon qilib, unda prezidentlikka “barça” nomzodlarning saylovoldi uçraşuvlarida “konstitutsiyaviy islohotlar qiliş taklifi ilgari surilgani” haqida yozdi.