Qirğiziston DXMQning xabar berişiça, uçraşuv davomida maxsus xizmatlar rahbarlari Qirğizistonning Jalolobod viloyati va Özbekistonning Namangan viloyatlari çegarasidagi tavsiflanmagan hududlarni vertolyotda közdan keçirgan.

«Şuningdek, uçraşuv davomida Qamçibek Taşiyev va Abdusalom Azizov turli masalalarda fikr almaşdi va tegişli qaror qabul qilindi. Uçraşuv yaxşi qöşniçilik va döstlik ruhida ötdi”, – deyiladi Qirğiziston tomoni bayonotida.

Foto: Qirğiziston DXMQ
Foto: Qirğiziston DXMQ

Xabarda uçraşuv qaysi davlat hududida bölgani haqida ma’lumot berilmagan. Lekin Qirğiziston DXMQ tarqatgan rasmlarda Abdusalom Azizov vertolyotga çiqayotgan qirğizistonlik hamkasbini kuzatib qolganini köriş mumkin. Uçraşuvda, şuningdek Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov ham qatnaşgan.

Eslatib ötamiz, joriy yil 6 may kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi çegara xizmati Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani çegara hududida özbekistonlik çegaraçilar 3 nafar qirğizistonlikka öz uzgani va ular vafot etganini ma’lum qilgandi.

Foto: Qirğiziston DXMQ

Dastlab holat yuzasidan ikki mamlakat çegara xizmati vakillari uçraşuv ötkazgan.

Keyinroq Özbekiston DXX Çegara qöşinlari vaziyat xususida rasmiy bayonot bilan çiqib, qonunbuzarlikning oldini oliş maqsadida Qirğizistonga noqonuniy ravişda köp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib ötayotgan şaxslarga belgilangan tartibda qurol qöllaşga majbur bölinganini ta’kidlagan.

Foto: Qirğiziston DXMQ
Foto: Qirğiziston DXMQ

Holat yuzasidan Özbekistonning tegişli huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan 2022 yilning 6 may kuni Özbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi («Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekistonga kiriş») bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangani ma’lum qilingan.