Qömita xabariga köra, avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2022 yilning yanvar-aprel oylarida işlab çiqarilgan yengil avtomobillar soni böyiça “Cobalt” yetakçilik qilmoqda - 28 690 dona.
Uşbu körsatkiç qolgan avtomobillar kesimida quyidagiça körinişga ega:
- “Lacetti-Gentra” - 26 305 dona;
- “Damas” - 23 534 dona;
- “Nexia T-250” - 7 195 dona;
- “Spark” - 4 020 dona;
- “Volkswagen Caddy” - 80 dona.
“Lacetti-Gentra” avtomobilini işlab çiqariş ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oşgan.
Bundan oldin Özbekistonda avtomobillar eksporti kamaygani, import va işlab çiqariş keskin oşgani xabar qilingandi.












