Uçraşuvda “DP World” kompaniyasi “Cargoes Customs” elektron axborot tizimining ilğor jihatlarini Özbekiston bojxonasiga joriy qiliş böyiça kelişib olindi.
Kompaniya rahbari Sulton Ahmad Bin Sulaym özaro hamkorlikka hamişa tayyorligini bildirdi va xodimlariga Özbekiston tomonidan ilgari surilayotgan takliflarni ortiqça paysalga solmasdan, zudlik bilan amalga oşiriş yuzasidan topşiriqlar berdi.
- Hamkorligimiz albatta natija beradi va men buni öz közim bilan köriş uçun joriy yilning kuzida Özbekistonga bormoqçiman, – dedi kompaniya prezidenti Sulton Ahmad Bin Sulaym.

“DP World” dunyodagi uçinçi eng yirik port hisoblanib, global bozordagi uluşi 7 foizni taşkil qiladi. Kompaniya 78 ta dengiz terminali va dunyodagi eng yirik sanoat parki Jabal Ali erkin zonasini boşqaradi.
Kompaniya Dubay hukumatiga qaraşli dunyodagi eng yirik investor va developer Dubaı World kompaniyasi tomonidan boşqariladi. “DP World” kompaniyasi Dubay bojxonasi faoliyatini ham boşqaradi.

Dubayga kirib kelayotgan va çiqib ketayotgan 95 foiz yuklar inson aralaşuvisiz avtomatik tarzda oldindan taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilmoqda. 2021 yilning özida 27 milliondan ortiq tranzaksiyalar amalga oşirilgan.












