Moldova aksilkorrupsiya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Igor Dodonga qarşi törtta modda böyiça ayblov e’lon qildi. Bu haqda uning advokati Maksim Lebedinskiy xabar berdi.

"Bugun aksilkorrupsiya prokuraturasi Dodonga nisbatan törtta modda böyiça rasman ayblov e’lon qildi, bular içida korrupsiya hamda davlatga xiyonat ayblovlari bor", - dedi Lebedinskiy.

Mahalliy qonunçilikka köra, prokuratura suddan ayblanuvçining 30 kun muddatga hibsga olinişini söraşi mumkin.

Dodon passiv korupsiya, noqonuniy boylik orttiriş, partiyani jinoiy taşkilot tomonidan moliyalaştiriş va davlatga xiyonat qilişda gumonlanib 24 may kuni aksilkorrupsiya prokuraturasi xodimlari tomonidan 72 soatga hibsga olingandi.

Sobiq prezidentning uyida tintuv va tergov işlari ötkazildi.

Dodon 2016 yil dekabridan 2020 yil dekabriga qadar Moldova prezidenti bölgan. U Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilişga intilgan va rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan bir neça bor uçraşgan.

2020 yil noyabrida prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida Dodon ğarbparast nomzod sifatida körilgan Mayya Sanduga yutqazdi.