DW naşri TV Moldova telekanali maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, parlament tegişli qarorni 22-sentabr kuni qabul qilgan. Favqulodda çoralarni 54 deputat qöllab-quvvatlagan, 20 nafari qarşi çiqqan. Yana 22 deputat ovoz berişda qatnaşmagan.

Moldova boş vaziri Vasile Tofanning tuşuntirişiça, mamlakat bir qator omillar taʼsirida energiya va suv taʼminoti inqirozi xavfiga duç kelgan. Ular orasida Eron va Ukrainadagi uruşlar, şuningdek, gidroelektrostansiyalar işiga taʼsir körsatgan qurğoqçilik ham bor.

Gaz va yonilği narxlarining kötarilişi bilan birga, Dnestr daryosida suv sathining pasayib borayotgani ham favqulodda çoralar körişga sabab bölgan.

Hukumatga tezkor çora köriş imkoniyati beriladi

Qaror qabul qilinişidan bir kun avval Moldova prezidenti Mayya Sandu Milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişi yakunlari haqida maʼlum qilgan edi.

Uning aytişiça, kengaş parlament, hukumat va masʼul idoralar bilan kelişilgan holda energetika va suv xöjaligi sohalarida favqulodda holat joriy etişni tavsiya qilgan. Bu hukumatga favqulodda vaziyatlarga tezkor javob beriş uçun zarur çoralarni qöllaş imkonini berişi kerak.

Sandu Moldovaning energiya resurslari importiga boğliqligini taʼkidlagan. Şuningdek, jahonda benzin va dizel yonilğisi narxlari misli körilmagan darajada yuqori ekaniga eʼtibor qaratgan.

Mamlakatda avval ham favqulodda rejim amal qilgan

Maqolada qayd etilişiça, Moldovaning energetika va suv xöjaligi sohalarida 28-iyuldan buyon hukumat eʼlon qilgan yuqori tayyorgarlik rejimi amal qilmoqda.

Bundan avval, mart oyida ham energetika sohasida 60 kunlik favqulodda holat joriy etilgan. Öşanda bunday çora mamlakat elektr taʼminotida muhim örin tutuvçi Isakça - Vulkaneşti elektr uzatiş liniyasi uzilişi bilan boğliq bölgan.