Albaniya poytaxti Tiranada o‘tgan bahsda Nikolo Dzanoloning goli rimliklarga yevrokuboklardagi dastlabki sovrinni taqdim etdi. «Bo‘rilar» safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
«Roma» ustozi Joze Mourino o‘ziga xos rekordni qayd etdi — portugaliyalik mutaxassis Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqqan birinchi murabbiyga aylandi.
YeKL. Final
Roma — Feyyenoord 1:0
25 may. Albaniya. «Eyr Albaniya»
Gol: Dzanolo (32).
Roma — Patrisiu, Manchini, Ibanes, Smolling, Kristante, Pellegrini, Mxitaryan (Oliveyra, 17), Zalevski (Spinatssola, 67), Karsdorp (Vinya, 89), Dzanolo (Veretu 67), Abraham (Shomurodov, 89).
Feyyenoord — Beylo, Malasia (Jahonbaxsh, 89), Senesi, Trauner (Pedersen, 74), Gertryuyda, Ko‘kchi (Volemark, 88), Eursnes, Til (Tornstra, 59), Sinisterra, Nelson (Linssen, 74), Dessers.
Ogohlantirishlar: Trauner (25), Pellegrini (37), Zalevski (67), Patrisiu (84), Spinatssola (90+4).










