Qayd etilişiça, 26 may kungi yiğilişda ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlarning tajribali kompaniyalariga 1 tadan sanoat zonalarini boşqaruvga beriş hamda xorijiy investorlarni jalb qiliş böyiça taklif kiritiş topşirilgan.
“Yana bir masala – eksportga mahsulot işlab çiqarişda taşqi bozorlar talablaridan kelib çiqişimiz şart. Bunda, işlab çiqarilayotgan har bir mahsulot xorijiy standartlarga javob berişi, bozor va iste’molçi talablariga mos kelişi asosiy talab böladi”, dedi prezident yiğilişda.
Bundan taşqari, kiçik sanoat zonalarida uzoq yillar faoliyat yuritayotgan va hozirda yer va bino-inşootlarga huquqi hal bölmagan 2 mingdan ziyod tadbirkorlar mavjud.
Bir oy muddatda sanoat zonalarida joylaşgan tadbirkorlarning yer va bino-inşootlari bilan boğliq masalalarini hal qiliş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Bugungi kunda farmatsevtikaga ixtisoslaşgan 5 ta erkin iqtisodiy zonaning 40 foiz yer maydoni böş turgani körsatib ötildi. Tadbirkorlar uşbu böş maydonlarda boşqa sanoat loyihalarini ham amalga oşirişga ruxsat berişni söramoqda.
Mutasaddilarga farmatsevtika iqtisodiy zonalari faoliyatini kengaytiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.












