Özbekistonda tubdan yangi konstitutsiya qabul qiliş yoki konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qiliş emas, Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş reja qilinmoqda. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov komissiyaning 26 may kuni bölib ötgan ilk yiğilişida aytib ötdi.

“Konstitutsiyaviy islohotlarda 3 ta masala böladi. Birinçisi, tubdan yangi konstitutsiyani qabul qiliş, bu jahon amaliyotida bor. Ikkinçisi – mana şu konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qiliş, bunday yondaşuv ham bor. Va uçinçisi – amaldagi konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritişdan iborat.

Bizga palatalar kengaşiga mana şu amaldagi Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasini tayyorlaş topşirilgan”, – dedi Akmal Saidov.

Yiğilişda komissiyaga kelib tuşgan ilk takliflar haqida ma’lumot berildi.

Komissiya a’zosi, huquqşunos Mirafzal Miraqulovning sözlariga köra, kelib tuşgan takliflar asosan xalqparvar davlat quriş, ekologiya, ta’lim, soğliqni saqlaş, xususiy mulk himoyasi kabilarga oid.

Uning aniqlik kiritişiça, ilk takliflar boş qomusning 13-, 15-, 29-, 37-, 40-, 41-, 53-, 78– va 80-moddalariga taalluqli. Xususan:

  • fuqaroning davlat organlari bilan özaro munosabatlarida barça qarama-qarşiliklar va noaniqliklarni fuqaro foydasiga talqin qiliş;
  • Konstitutsiya oliy yuridik kuçga ega bölib, töğridan töğri amal qilişi;
  • har kimning axborot resurslari, kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan erkin foydalaniş huquqiga egaligi;
  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (hozirda oyiga 822 ming söm) insonning nafaqat özi, balki oilasining ham hayot keçirişi uçun yetarli miqdorda bölişi;
  • ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni işga joylaştiriş böyiça davlat kafolatlarini belgilaş;
  • davlatning işsizlik va kambağallikni tugatiş uçun barça imkoniyatlardan foydalaniş majburiyati;
  • har bir insonning soğlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega böliş hamda öz soğliğiga yoki mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning örni qoplanişi huquqiga egaligi;
  • davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay işbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda şaroitlarni ta’minlaşi, iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollaştirişga yöl qöyilmasligi;
  • korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça parlament nazoratini örnatiş, bu borada qattiq qoidalarni yozib qöyiş va boşqalar.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Konstitutsiyasini takomillaştiriş jarayonida fuqarolardan Meningkonstitutsiyam.uz portali, Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflar yiğiladi. Fuqarolar taklif bildiriş uçun mahalla idorasiga ham borişi yoki parlament quyi palatasiga poçta yordamida xat yöllaşi ham mumkinligi aytildi.