Bundan bir neça kun oldin Namangan viloyatida 14 yoşli öquvçi «Jiguli» maşinasi bilan tengdoşini urib yuborgan, oqibatda jabrlanuvçi vafot etgandi. Ma’lum bölişiça, Samarqand viloyati Bulunğur tumanida ham 8-sinf öquvçisi otasining maşinasini boşqarayotib, ikki kişini urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvçilardan biri oğir tan jarohati olib vafot etgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 19 may kuni soat 22:00 larda Bulunğur tumanida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
8-sinf öquvçisi otasiga tegişli Lacetti maşinasini köçaga minib çiqadi. Tumanning Beşqöton mahallasidagi içki yölda harakatlanib ketayotganida ösmir boşqaruvni yöqotadi va avval ikki kişini urib yuboradi. Söng Cobalt maşinasi bilan töqnaşadi. Oqibatda jabrlanuvçilar oğir tan jarohatlari olib, ulardan biri 1958 yilda tuğilgan şaxs hodisa joyida vafot etgan. Ikkinçisi şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Bulunğur tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mentalitet qurbonlari: rulni yoş bolaga beradigan ota-onalarga jazo jiddiy bölişi kerak












