Namangan viloyatida 14 yoşli bola tomonidan sodir etilgan yöl-transport hodisasi boşqa bir öquvçi ölimiga sabab böldi. Kosonsoy tumanining Kuşon mahallasida yaşovçi 14 yoşli maktab öquvçisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetida ketayotgan tengdoşini urib yuborgan.

Afsuski, bir oilaning ne-ne umidlar bilan östirayotgan jigarbandi fojiali tarzda nobud böldi.

Albatta, bu taqdiri azal. Ammo marhumning yaqinlari uçun masalaning bir alamli tomoni bor – bu holatda aybdorni – maşina haydovçisini javobgarlikka tortib bölmaydi. Çunki u – voyaga yetmagan bola.

Garçi hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinçi qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgan bölsa-da, uning yakunini bilsa böladi – aynan mazkur modda böyiça aybdorga jazo yöq.

Boisi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga köra, kodeksning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan ayblaş uçun şaxs 16 yoşga tölgan bölişi şart.

Töğri, tergov davomida işning tafsilotlari sinçkovlik bilan örganiladi. Hodisaga sabab bölgan barça holatlar tahlil qilinadi va ularga huquqiy baho beriladi. Avtomobil boşqaruvi bolaning «qöliga tuşib qolgani»ga sababçi bölgan şaxslar doirasi ham aniqlanadi. Ammo fakt şuki, jinoyat qonunçiligida bu qilmiş uçun jazo mavjud emas.

Hodisadan jabrlanganlar yetkazilgan (moddiy hamda ma’naviy) zararni voyaga yetmagan «haydovçi»ning ota-onasidan fuqarolik tartibida talab qilişga haqlidir, xolos. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 993-moddasiga köra, ön tört yoşgaça bölgan voyaga yetmagan (kiçik yoşdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uçun uning ota-onasi (farzandlikka oluvçilari) yoki vasiylari, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganini isbotlay olmasalar, javobgar böladilar.

Şu yerda bir muhim gapni aytib ötmasa bölmaydi.

Milliy mentalitetimizda şunaqa bir jihat bor – avtomobilga ega aksariyat otalar farzandining böyi çözilişi hamon uni rulga ötqazgisi kelib qoladi. Hatto endigina 10 yoşdan oşgan bolalarga rul berib qöygan oilalar haqida eşitamiz.