Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida 3 mln söm evaziga ikki kişiga imtihonlarsiz, qisqa muddatda haydovçlik guvohnomasini olib berişni va’da qilgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Içki işlar vazirligi şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi Samarqand viloyati böyiça boşqarmaga Kattaqörğon tumanidagi öquv maktablaridan birida şaxs fuqarolarning işonçiga kirib, öquv maşğulotlari va imtihonlarda qatnaşmasa-da, qisqa muddat içida haydovçilik guvohnomasi berişi va moddiy manfaat orttirib kelayotgani haqida tezkor ma’lumot kelib tuşgan.
Uşbu ma’lumotning haqqoniyligi tekşirilganida, u ikki kişiga - Narpay tumani Guliston mahallasida yaşovçi 39 yoşli kişiga hamda Kattaqörğon tumani Uzunböz qişloğida yaşovçi 47 yoşli fuqaroga avtomaktabda öqimagan bölsa-da, öqigani haqidagi hujjatlar tayyorlab, haydovçilik guvohnomalari olib berişi, evaziga 3 million söm talab qilgani haqidagi sözlari ovoz yozib oliş moslamasiga yozib olingan.
Fuqarolardan biri ariza bilan murojaat qilgan va avtomaktab mas’ul xodimiga çora körişni söragan. Mazkur arizaga binoan, 23 may kuni IIV şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi, Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda Kattaqörğon şahar IIB tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda avtomaktab mas’ul xodimi fuqarodan 3 million söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.











