Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 1 iyunda amalda böladigan qiymatini belgiladi.

Unga köra, dollarning rasmiy kursi 25,09 sömga pastlab, 10 985,79 sömni taşkil qildi. Yevro 74,25 sömga pastlab, 11 780,06 söm böldi. Rubl 4,17 sömga kötarilib, 179,43 söm böldi.

30 may kuni dollar kursi qatorasiga oltinçi bor pastlab (-23,27 söm), 11 010,88 sömni taşkil qilgandi.

Eslatib ötamiz, fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi jahon bozoriga ta’sir körsata boşladi. Rasmiy kurs oxirgi bor 14 mart kuni 11 000  sömlik nuqtadan past bölgandi - 10 998,06 söm. Keyingi kunlar davomida kurs keskin tezlik bilan kötarildi:

  • 15 mart kuni - 11 033, 03 söm (+34,97 söm)
  • 16 mart kuni - 11 150,12 söm (+117,09)
  • 17 mart kuni 11 330,38 söm (+180,26 söm)
  • 20 mart kuni 11 571,99 söm (+241,61 söm). 

Kurs aprel oyi boşlaridan buyon tuşib kelmoqda. 15 aprelda kurs 11 300 sömdan, 28 aprel kuni esa 11 200 sömdan pasaygandi.