Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida joylaşgan xonadonda eşaklar söyilayotgani haqida xabar bergan ayol kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarga köra, Ğuzor tumani “Eşonquduq” MFYda joylaşgan xonadonda eşaklar söyilayotgani haqida xabar bergan Ş.A.ni xonadon bekasi kaltaklagani aytilmoqda. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, 2022 yil 28 may kuni soat taxminan 11:30 larda Ğuzor tumani “Eşonquduq” MFYda yaşovçi fuqarolar S.G. va Ş.A. özaro janjanlaşib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
“Mazkur holat yuzasidan Ğuzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan örganiş yakuni bilan qöşimça axborot beriladi”, deyiladi munosabatda.
Qaşqadaryoda eşak söyiş bilan şuğullangan yana bir xonadon aniqlandi












