Dieffenbacher – yoğoç-qirindidan plitalar (DSP, MDF, OSP, LVL) işlab çiqariş liniyalarining dunyodagi yetakçi işlab çiqaruvçisi bölmiş korxona. Dunyo böylab köplab korxonalar öz faoliyatini rejalaştirişda, jihozlaşda va modernizatsiya qilişda aynan Dieffenbacher'ga suyanadi. CPS+ yordamida Dieffenbacher uzluksiz presslaşning oltin standartini örnatdi.


Davlat rahbari joriy yil 12-13 may kunlari Farğona viloyatiga taşrifi davomida Buvayda tumanidagi eşik-rom va duradgorçilik mahsulotlari işlab çiqariş korxonasini közdan keçirganda bergan topşiriqlari yuzasidan Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elçixonasi kömagida Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan Germaniyadagi soha tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini örnatiş masalasi körib çiqildi.

Germaniyaning Eppingen şahrida faoliyat yurituvçi yoğoç-qirindidan yasaladigan mahsulotlarni preslovçi uskunalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik Dieffenbacher korxonasi vakillari bilan ham uçraşuvlar taşkil qilindi.


Dieffenbacher öz sohasida yetakçi texnologiya işlab çiqaruvçi korxona bölib, işlab çiqaradigan uskunalari va körsatadigan xizmatlarining 70 foizidan ortiği eksport qilinadi.

Uşbu kompaniya vakillari bilan dastlabki muzokaralarda kompaniya texnologik uskunalarini Özbekiston bozoriga olib kiriş, mamlakatimizdagi duradgorlik mahsulotlari işlab çiqaruvçilarning ikkilamçi mahsulotlaridan uşbu kompaniya uskunalari yordamida presslangan boşqa mahsulotlar ham işlab çiqariş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Şuningdek, kelgusida kompaniya vakillari bilan Özbekistondagi uşbu texnologiyalarga bölgan talabni çuqur örganib, tahlil qilgan holda hamkorlikni yölga qöyiş masalalari kelişib olindi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)











