Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarga kömaklaşuvçi “Business port” loyihasini yölga qöydi. Platforma orqali kiçik va örta biznes vakillariga amaliy yordam beriş, mavjud muammolarga yeçim topiş rejalaştirilmoqda. Vahobovning sözlariga köra, uşbu loyiha JSTga qöşilişdan oldin tadbirkorlarga foydali bölişi mumkin.

21 oktyabr kuni Savdo-sanoat palatasi Toşkentda yangi “Business port” loyihasining ilk tadbirini ötkazdi. Taşabbuskorlarining sözlariga köra, platforma kiçik va örta biznes vakillarining tajriba almaşişiga va hamkorlik qilişiga kömaklaşadi. Xususan, tadbirkorlarga huquqiy, moliyaviy, intellektual mulk, xalqaro munosabatlar, kadrlar siyosati, raqamlaştiriş kabi yönalişlarda maslahatlar berilişi va muammolarga yeçim topilişi kutilmoqda.

Loyihaning ilk tadbirida minglab işçi örinlari yaratgan 250 dan ortiq tadbirkorlar yiğildi. “Business port” vakili Şoxruh Nizomiddinovning sözlariga köra, platforma biznes egalari uçun maslahat joyi böladi.

“Özbekistonning dengizga çiqiş imkoniyati yöq, şu uçun özimizning biznes portimizni yaratdik, tadbirkorlar bunga qiziqadi”, - deydi FCB agentligining boşqaruvçi hamkori Nizomiddinov. Uning qöşimça qilişiça, uşbu loyiha 2 ta asosiy maqsadni közlagan.

“Birinçi vazifa – Jahon Savdo taşkilotiga kiriş arafasida mahalliy korxonalarni xalqaro kirib keladigan brendlarga, korxonalarga qarşi raqobatbardoş qiliş. Ikkinçi maqsad — mahalliy korxonalarning eksportga çiqaradigan xizmatlari va mahsulotini kuçaytiriş (sifat va hajm nazarda tutilyapti). Buni faqat brend quriş va töğri narx siyosati va boşqa omillar orqali qilsa böladi. Şuning uçun “Business port” bir hub böldi. Tadbirkorlarga yönalişiga qaramay yordam beradi”, - deydi Nizomiddinov.

Loyiha vakilining qayd etişiça, ayni paytda marketing, reklama yönalişlarida deyarli muammolar yöq.

“Oxirgi 7-8 yilni oladigan bölsak, faqat rivojlaniş va bozor oçilyapti. Har yiliga 30-40 foizga oşiş bölyapti. Qaytaga bizga Rossiya, Ukraina, Belarusdan agentliklar kirib kelib, biz bilan raqobatçilik qilişmoqçi. Albatta, biz raqobatga har doim tayyormiz”, - deydi FCB agentligining boşqaruvçi hamkori Şoxruh Nizomiddinov.