Prezidentning “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş hamda yonğin xavfsizligini ta’minlaşning joriy etilgan tizimi samaradorligini yanada oşiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Favqulodda vaziyatlar oldini oliş va ularni bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.
Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar favqulodda vaziyatlar oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimi işçi organi hisoblanadi hamda quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- favqulodda vaziyatlar oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimini takomillaştiriş va yanada rivojlantiriş asosiy yönalişlarini belgilaş;
- aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça eng muhim masalalarni körib çiqiş, ularni hal etiş böyiça takliflar tayyorlaş, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahri, şaharlar va tumanlar hokimliklari vazifalarini belgilaş;
- avariyalar, halokatlar, tabiiy va boşqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarni, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişda iştirok etgan şaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qiliş, tibbiy reabilitatsiya qiliş masalalari böyiça davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisiga, viloyatlar va Toşkent şahri, tumanlar va şaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar beriladi:
- favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan favqulodda vaziyatlar boşqarmalari (bölimlari) boşliqlari nomzodini kelişiş;
- aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça asosiy tadbirlarni tasdiqlaş hamda amalga oşirilişini nazorat qiliş;
- tabiiy va texnogen xavfi yuqori bölgan hududlar va iqtisodiyot obektlari muhofazasini taşkil etiş;
- yonğin xavfsizligini ta’minlaşning ayrim funksiyalariga xususiy sektor vakillarini jalb qiliş.












