Kun.uz'ga öqituvçilar ikkinçi marotaba “haşar puli” uşlab qolişga majburlanayotgani haqida murojaat kelib tuşdi. Örganiş jarayonida mas’ullar tomonidan bunday majburlov bölayotgani öz tasdiğini topdi.
Xususan, Karmana tumanidagi 24-maktab direktori Dilfuza Şaripova öqituvçilarga haşar uçun yana 20 ming sömdan tölaş kerakligini aytgan.
“Şanbalik uçun yana 20 ming sömdan tölaşimiz kerak. 10 iyun kuni mehnat ta’tili pullari tölab beriladi. Bu albatta, sizlarning mehnatingiz... Rozilik xatini yozib, maktabga jönatib yuboringlar. Özim hisobçiga yetkazaman. Hamma maktabga topşiriq berildi. Ertagayoq olib borişim kerak rozilik xatlarini. Ertangi sana bilan yozinglar. Mehnat ta’tilidan saqlanadi. Töğri qabul qilinglar. Yana bir hafta kutmay, ertagayoq berib yuboringlar”, – deya topşiriq bergan direktor öqituvçilarga.

“Haşarda işladik, pul beriş kerak ekan, deyişdi, şunga ham janjal qilmaylik, deya 20 ming sömdan tölaşga rozilik xati berdik. Oyligimizdan uşlab qolişdi. Endi esa yana aytilyapti. Bitta haşarga ikkinçi marotaba pul yiğiş nima degan gap?”– deydi maktab öqituvçilaridan biri.

Ma’lum bölişiça, bunday topşiriq maktab direktorlariga XTB hisobçisi Zuvay Şokirov tomonidan berilgan.
“Hurmatli maktab direktorlari, sizlardan iltimos, 2022 yil 8 iyun kuni soat 10 gaça xodimlarning rozilik arizasiga asosan şanbalik röyxatini şakllantirilgan va summasi körsatilgan holda XTB hisobxonasiga jönatişlaringizni söraymiz”, – deyiladi Şokirovning topşiriğida.

Kun.uz holatga izoh oliş uçun Karmana tumani XTB mudiri Sarvar Oçilov bilan boğlandi. Mudirning aytişiça, Zuvay Şokirov tumandagi 16-, 21-, 22-, 24-, 3-umumta’lim maktablariga xizmat körsatadi.
Tumandagi şu 5 ta maktabning ayrim öqituvçilariga öz roziligi bilan haşarga ikkinçi bor pul ötkaziş tavsiya qilingan, majburlaş holati kuzatilmagan, dedi XTB rahbari.

Suriştiruv jarayonida Karmana tumanidagi 24-umumta’lim maktabida mehnat qonunçiligi buzilgan yana bir holatga duç kelindi. Maktab direktori Dilfuza Şaripovaning şar’iy turmuş örtoği Lutfullo Xöjaqulov şu maktabda qorovul sifatida işlaşi ma’lum böldi. Bu esa qonunçilikka zid.

Mehnat kodeksining 79-moddasiga köra, özaro yaqin qarindoş yoki quda-anda bölgan şaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, öğil va qizlar, er-xotinlar, şuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), başarti ulardan biri ikkinçisiga bevosita böysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bölsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilişlari taqiqlanadi.
Bunda istisnolar bor, albatta. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori bilan birga xizmat qilişlarini çeklaş qoidalaridan istisno etilişi mumkin bölgan xodimlar röyxati tasdiqlangan. Unga köra, barça öquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, öqituvçilar, bibliograflar va kutubxonaçilar yaqin qarindoşlarining qöl ostida yoki nazorati ostida ham işlaşi mumkin. Demak, bir maktabda er-xotin direktor va qorovul bölib işlaşi mumkin emas.
Ötgan oyda Kun.uz Karmana tumanidagi umumta’lim maktablarida qiziqçi Zokir Oçildiyevning konsertiga majburiy çipta sotilgani haqida xabar bergandi.
Andijonda öqituvçi va şifokorlardan majburan “haşar puli” uşlab qolinayotgani aytilmoqda













