Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida joylaşgan bozorda yoşi keksa odam bir guruh fuqarolar tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi. Holatga Qaşqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Munosabatda ma’lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda odamlar tomonidan döpposlangan şaxs Farğona viloyati Buvayda tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan R.Ş. ekani aniqlangan.

Unga nisbatan joriy yil 6 iyun kuni Çiroqçi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Kökdala tumani “Kattaqişloq oziq-ovqat dehqon” bozorida turgan Cobalt maşinasidan 650 ming söm pul öğirlangani holati böyiça Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçiga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Hozirda samosud holati böyiça içki işlar organlari xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi munosabatda.

Avvalroq Jizzaxda fuqaroni «samosud» qilib yeçintirgan va holatni videoga olgan şaxslar uşlangandi.