Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 9 iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumanining “Guliston” MFY hududida somon ortilgan yuk maşinasi yonib ketgan.
Jizzax viloyati Zomin tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro X.J.ga tegişli bölgan “ZIL” maşinasiga 400 dona somon toylari ortilgan bölgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, haydovçi yuk maşinasiga me’yordan ortiq balandlikda yuk ortgani uçun “ZIL” harakatlanib ketayotganda somon toylari elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.
Şundan söng, elektr simini yoğoç kaltak yordamida tepaga kötarmoqçi bölişganida qisqa tutaşuv hamda çaqnaş sodir bölgan va somon toylar yonib ketgan.
Qayd etilişiça, yonğin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida heç kim jarohat olmagan. Faqat somon toylar yonib ketgan va yuk maşinasi jiddiy şikastlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toşkent viloyati Qibray tumanida somon toylari ortilgan törtta yuk maşinasi yonib ketgandi.









