Toşkent viloyati Qibray tumani “Çinobod” MFYdagi oçiq maydonda sotiş uçun somon presslari ortilgan va bir-biriga yaqin joylaştirilgan 4 ta yuk avtomobilida yonğin sodir bölgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, yonğin böyiça 2 fevral kuni soat 03:09 da FV bölimiga xabar kelib tuşgan. Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yonğin bartaraf etilgan.
Yonğin natijasida 3 ta “Gaz-53” hamda “Zil-130” rusumli yuk avtomobillari kabinasi va ularga ortilgan 200 donadan, jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.
“Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.









