AQŞ prezidenti Jo Baydenning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqinlaşib kelayotgan hujum haqidagi ogohlantirişlarni «eşitişni istamagani» haqidagi sözlari izohni talab qiladi. Bu haqda 11 iyun, şanba kuni Zelenskiyning matbuot kotibi Volodimir Nikiforov aytib ötdi.

Nikiforov hujumdan sal oldin Zelenskiy «Bayden bilan uç-tört marta telefon orqali suhbatlaşgani» va «rahbarlar vaziyat böyiça batafsil fikr almaşgani» haqida eslatdi. «Yodingizda bölsa, Ukraina prezidenti hamkorlarni Rossiyani qöşinlarini uzoqlaştirişga va vaziyatni keskinlaştirmaslikka undaş uçun ogohlantiruvçi sanksiyalar paketini kiritişga çaqirgan edi. Biz şuni aytişimiz mumkinki, hamkorlarimiz «eşitişni xohlamadi», dedi Nikiforov Liga.net naşriga. 

«Rossiya ekspansiya (imperialistik davlatlarning yangi territoriyalarni bosib olişga intilişi) böyiça turli ssenariylarni işlab çiqayotganini yaxşi bilardik. Volodimir Zelenskiyning stolida doimo yuqori sifatli razvedka ma’lumotlariga asoslangan tegişli tahliliy ma’lumotlar bölgan. Prezident hamkorlarimizning barça sözlari va ogohlantirişlariga diqqat bilan javob qaytardi», - deya Baydenning sözlariga izoh berdi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak. 

Uning sözlariga köra, olib borilgan tayyorgarlikdan «öq-dorilar ombori va umuman qurol-yaroğning bir joyga yiğilişi, köp darajali bosqinga yaşin tezligida javob beriş va mudofaa imkoniyatlarini qayta körib çiqiş, birinçi haftada Rossiyaning dastlabki rejalarini keskin buzgan masofadan zarba berişning samarali joriy etilişi dalolat beradi».

Bosqin kölami qançalik keng qamrovli bölişi savol ostida edi, dedi Podolyak. Uning sözlariga köra, Ukraina butun hududini öqqa tutiş muntazamligini oldindan taxmin qilib bölmagan va «bosqinning kölami köplab mamlakatlarni, jumladan, Ukraina hamkorlarini ham şokka tuşirib qöyganiga şubha yöq».

«Menimça, 100 kundan ortiq vaqtdan beri ança qudratli raqibga qarşi tölaqonli uruş olib borayotgan mamlakatni ayblaş bema’nilikdir. Bundan taşqari, asosiy davlatlar Rossiyaning militaristik iştahasini ogohlantiriş signallari bilan töxtata olmadi», - deya qöşimça qildi Podolyak.

AQŞ turli darajalarda - ham rasmiy çiqişlarda, ham ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar orqali Putin «maxsus operatsiya» boşlanganini e’lon qilişidan bir neça hafta oldin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişga tayyorgarligi haqida xabar bergandi. Fevral oyi örtalarida BMT xavfsizlik kengaşi yiğilişida AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya rejalarini batafsil bayon qildi. «Bombalar uçadi, aloqa uziladi, şundan söng tanklar allaqaçon belgilab qöyilgan va xaritaga tuşirilgan asosiy obektlarga kirib boradi. Biz bu obektlar qatoriga Kiyev ham kiritilgan deb hisoblaymiz», - degandi davlat kotibi. 

Bu ma’lumotni e’lon qiliş orqali AQŞ Rossiyani «uruşdan voz keçib, boşqa yöldan borişga» majburlamoqçi, deb tuşuntirgan Blinken. Ğarb bayonotlariga javoban Moskva Ukrainaga hujum qiliş niyatida emasligini bir neça bor ta’kidlagandi. 

10 iyun kuni jurnalistlar bilan suhbatda Bayden Zelenskiy Vaşingtonning uruş boşlanişidan biroz oldin Rossiya bosqinining yaqinlaşib kelayotgani haqidagi ogohlantirişlariga e’tibor bermaganini aytdi. «Bilaman, köpçilik meni börttirib yuboryapti deb öylagan, lekin bizda bu taxminni qöllab-quvvatlaş uçun ma’lumotlar borligini bilardim».

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin çegarani kesib ötmoqçi bölgan. Bunga heç qanday şubha yöq edi va Zelenskiy ham köpçilik kabi buni eşitişni xohlamadi. Nega ular buni eşitişni istamaganini tuşunaman, lekin u (Vladimir Putin) bosqinni amalga oşirdi», dedi Bayden.